Do'stu oshnolarga vaqtingni topding,
Shu kunlarga yetib qadringni topding, Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun? Nogahon
bolanga bir ozor yetsa,
Ko'zinga dunyo tor, kuning bo'lar tun,
Sen deb tunlari beorom o'tsa,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun?
Onasi qololmay darddan qutqarib, Mozorga borarlar gullar kutarib, Mehrga zor bo'lib
qolibdi qarib,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun?
Mana shu kunlarda bir o'ylab ko'rgin,
O'zing uchun olding qancha zo'r kiyim,
Aytgin onang uchun ne qilding do'stim, Bir marta qo'ng'iroq qildingmi bugun? Yo'lsiz
qolib, ketsang yo'l topiladi,
Dilinga bir dildosh dil topiladi,
Qo'y o'sha boylikni pul topiladi,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun?
Ahad Qayum so'zi og'ir botmasin, Onalarnin umri g'amda o'tmasin, Mehr quyoshlari
bevaqt botmasin,
Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun?(n.y)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев