Oradan bir necha kun o'tgach ota farzandini bag'riga bosib, erkalab:
– Toychog'im, yangi onang bilan avvalgi onangni orasida qanday farq bor,-deb so'rab qoldi.
Bola juda xam beg'uborlik bilan javob berdi:
– Xaqiqiy onam menga yolg'on gapirardilar, ammo ikkinchi onam aldamaydilar, xamma aytganlarini qiladilar.
Ota taajjublanib so'radi:
– Qanaqasiga, bolajonim?
O'g'il:
– O'ynab o'tirganimda onamga yoqmaydigan ish qilsam, menga:
"Agarda quloq solmaydigan bo'lsang, senga ovqat bermay qo'yaman", derdilar, ammo gaplariga parvo xam qilmasdim. Chunki gaplari yolg'onligini, baribir meni och qoldirmasliklarini bilardim. Ba'zan, ko'chada ko'p o'ynab qolib ketsam, chiqib meni ko'chama-ko'cha izlardilar, topganlaridan keyin esa yuz ko'zlarimdan o'pib, meni uyga olib kelib, mazali taomlar berardilar.
Endi esa yangi onam, "agar o'yinni bas qilmasang senga ovqat yo'q", dedilar. Mana ikki kundan beri qornim och, juda qiynalib ketdim, dada....!
Menga yolg'onchi onamni qaytarib bering, iltimos, dada! Yolg'onchi onamni juda-juda sog'indim! - deya yig'lab yubordi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев