Poyezdga yetolmagach yigit yugurishdan toxtadi. "Jin ursin osha svetaforni,- hayolidan otkazardi u,- ertaroq harakatlanish kerak edi. Qayerdanam osha betayinning mashinasiga otirdim!" U asabi tarang holda ortga ogirildi. Shu vaqtda xuddi ozi kabi poyezd ortidan afsuslanish bilan qarab qolgan qizga kozi tushdi. Qizning uzun sochlarini shamol oynab, xafaqon yuzlariga tushirarkan, yigit undan kozlarini uzolmay qoldi. Haqiqatda, qarshisida judayam sohibjamol 21-22 yoshlar atrofidagi qiz turardi. Qiz ham yurishdan toxtadi. Uning shaxlo kozlari anchagina olislab ketgan poyezdga termulgan koyi yig'lab yuborishga tayyor turardi. Yigitga qizning bu holati judayam g'alati, ozgacha jozibali tuyulardi. Ayni damda yigit poezdni unutib ham yuborgandi. "Yaxshiyam shu svetafor bor ekan", - tabassum qildi u. Qiz ham taqdirga tan berdi shekilli, yigit tomonga qaradi. - Salom, -dedi yigit. - ... - Poezdda ketadigan odam bunday ertaroq harakat qilishi kerakda. - Sizga oxshabmi,- kuldi qiz. - Yoq, men poezddan sizni korib tushib qoldim. Qiz javob bermay vokzal ichi tomon yol oldi. Yigit unga yetib oldi va gapirishda davom etdi: - Bu shaharda hamma shoshadi, xatto poezdlar ham. - Sizchi? - Menmi? Shoshib qayerga ham borardim. Taqdirimda nima yozilgan bolsa shu. Kechirasiz, siz taqdirga ishonasizmi? - Yoq. - Bekor qilasiz. Qiz kassaga borib keyingi poezd qachon bolishini soradi. 8 soatdan keyin degan javobni eshitgach, juda xafa boldi. Yigitni esa ushbu javob mutlaqo xursand qilib yuborgandi. Chunki bu gozal qiz tobora uni maftun qilib borardi.
- Afsus,- dedi qiz.
Yigit bolsa, kassadagi qizga
minnatdorchilik bildirdi:
- Rahmat sizga, iloji bolsa yana
qoshimcha 8 soat ushlab
turinglar osha poyezdni.
Qiz yigitni kuzatib turarkan,
uning ozini tutishidan hayron
qolardi.
Qiz odamlar gavjum bolgan
kutish zalidagi orindiqlardan
biriga borib otirdi. Biroz otgach
yigit ham uning yoniga kelib
otirdi.
- Mening ismim ... , bu shaharda
mehmonman. Sizchi?
- Men ham mehmonman,- javob
berdi qiz.
- Ismingizni aytmaysizmi?
- Zarurati yoq, ishonavering.
- Albatta... Ishonish yarim g'alaba
degani.
Qiz qong'iroq qilish uchun
chetroqqa chiqdi. Qayergadir
qong'iroq qildi. Yigit uni diqqat
bilan kuzatardi...
Qiz qaytib kelgach yigit undan
soradi:
- Uzr, ruchka topiladimi?
Qiz sumkasidan ruchka olib
yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan
ruchka bilan qoliga nimanidir
yozdi-yu qizga ruchkasini
qaytarib berdi. Bir oz otgach qiz
ornidan qozg'aldi. Yigit:
- Sizni uyda kutishyapti,
shunaqami?
- Ha.
- Avtobusda 6 soatlik yol.
Umuman olganda keyingi
poyezdni kutishning foydasi ham
yoq. Maylimi, sizga hamrohlik
qilsam? Faqat yoq demang.
- Nega endi yoq demasligim
kerak?
- Chunki, meni taqdirimga siz
bilan bitta avtobusda birga ketish
yozilgan bolishi kerak.
- Aytdimku, men taqdirga ishon...
Qiz oxirigacha gapirolmadi.
Aniqrog'i yigit kaftlariga haliroq
qizning ruchkasi bilan yozgan
yozuvni unga korsatgach
hayratdan gapirishdan ham
toxtab qoldi. Yigitning qoliga
bejirimgina harflarda qizning
ismi yozilgandi. Qiz ornidan
qozg'alib, allaqachon chiqish
eshigi tomon yonalgan yigitdan
soradi:
- Qayerdan topdingiz?
Yigit qizga ogirilib qaradi, qolini
avval koksiga, keyin peshonasiga
olib bordi-yu kulib javob berdi:
- Buni taqdir deydilar...
* * *
Qiz va yigit shaharlararo qatnovchi avtobusga chiqishdi. Biroz jim otirishgach yigit kamzulining kissasidan judayam ixcham, lekin ota chiroyli kichik gul g'uncha olib qizga tutdi:
- Tug'ilgan kuniz bilan!
Qiz kozlarini katta-katta ochib yigitga qarardi. Haqiqatda bugun uning tug'ilgan kuni, shu sabab uyiga shoshilayotgandi. Yonida otirgan ota qobiliyatli quvnoq "folbin" esa uni hayron qoldirishda davom etmoqda edi
- Q...Qayerdan bildiz?
- Buni jon deb aytardim-u zaruriyati yo'q, ishonavering, - kuldi yigit.
- Jiddiy so'radim.
- Bu muhim emas, muhimi sizni birinchi bolib men tabrikladim.
- Haya, rahmat,- qiz jilmaydi.
Biroz surbetroq, lekin bu oziga juda yarashadigan kelish yigit qizni tabassum qilishga majburlay olardi.
Avtobus yolga chiqdi. Yigit qizga qiziq narsalar haqida gapirib berar, u oddiy narsalar haqida ham shunday kulguli va jumboqli gapirardiki, qiz miriqib kulardi, teran oyga tolardi. Bir soatcha yurishgach qiz yigitdan soradi:
- Endi ismimni qanday qilib topganizi ayta qoling.
Yigit biroz jim qoldi, keyin qizga qaramasdan soz boshladi
- Dunyoda shunday toifali insonlar borki, oz fikrini siz-u menga shunchaki bildirolmaydilar. Eshitishadiyu zabonlari yoq, yoki aksincha eshitmaydilar. Men shunday kishilarga oz fikrlarini ifodalay olish san'atini orgataman. Kasbim shunaqa. Qol harakatlari orqali, lablarning qimirlashi orqali ularning nima haqda gapirayotganlarini tushuna olaman. Endi siz haqizda, menimcha vokzalda oyijonizga qong'iroq qilgandiz...
Qiz vokzaldagi oyisi bilan telefon suhbatini yodga oldi:
- Allo, Assalom-u alaykum oyijon, bu men ...man.
- Voalaykum, poyezdga chiqdingmi? Qachon yetib kelasan?
- Oyi, poyezddan qolib ketdim. Mehmonxonada tolovlar boyicha muammo boldi. Kelsam, poyezd ketib bolibdi. Endi avtobusda bora qolaman. Shuning uchun 3-4 soat kechikaman, xavotir olmang.
- Vaqtliroq harakatingni qilsang bolmaydimi? Bu yoqda hamma seni kutib otiribmiz. Bugungi kunni unutdingmi?
- Bilaman, oyijon. Bugun tug'ilgan kunim. Unutib bolarkanmi, kechiring, shunaqa bolib qoldi. B?ldi, mana yolga chiqyapman.
- Xop qizim, yolda ehtiyot bolgin.
- Xop oyijon, xavotir olmang...
Qiz uni telefonda suhbatlashayotgan chog'ida kuzatib otirganini yodga oldiyu hammasini fahmladi. Barchasi ravshan bolgach qiz kuldi:
- Demak siz joyizda otirgan holda uzoqdagilarning ham nima haqda gapirayotganligini bila olasiz, shunaqami?
- Agar lablari harakati korinarli bolsa, ha.
- Unda anavi orqa orindiqda ketayotgan oq sochli odam yonidagi ayolga nima haqda gapiryapti?
Yigit orqaroqda otirgan osha kishi tarafga bir muddat qarab turdi. Keyin qizga uning nima haqda gapirayotganligini tushuntirdi:
- U qizi haqida gapiryapti. Yonidagi turmush ortog'i, qizlarini korishga ketayotgan bolishsa kerak.
- Qizlarini?
- Ha. Qizlari shifoxonada ekan.
- Hm... Anavi oldingi orindiq yonida tik turib, hozir bizga qarab jilmayayotgan qiz nima haqda gapiryapti?
Yigit osha tarafga qarab kulib yubordi. Qizning ma'noli qarashiga sokin javob berishga urindi:
- U siz haqizda gapirdi. Menimcha aytmaganim ma'qul.
- Men haqimdami? Ayting, nima dedi u?
- Yaxshi, u anavi chiroyli qiz erining qolidan mahkam ushlab olibdi, xuddi qoyib yuborsa men olib qochib ketaman, dedi.
Qiz yarq etib oz holatiga diqqat qildi. Chindan bu oyinning qiziqligi gashtidan mashg'ulotga berilib ketgan va yigitning ong qolini siqib olgandi. Buni ozi beixtiyor bajarganligi uchun ahamiyat bermagandi. Qiz darhol qolini tortib oldi. U oynadan yol chetida yastanib yotgan dalalarni tomosha qilishga tushdi. Uning yuzi yonardi. " G'alati... Uyatmi bu? Erimish... Odamlarga ham hayronsan, bilmasdan gapiraverishadi",- oylardi qiz. Jilmaygancha hayol surayotgan qizning hayolini yigitning ovozi boldi:
- Hey...
- Hm?
- Avtobus yolda toxtarkan, ul-bul tanavvul qilvolish kerak.
- Hm.
- Yana "hm" mi?
- Hm...
Yengil kulgu, haliroq yuzaga kelgan ong'aysizlikni hayollardan bir chetga surib tashladi.
Avtobus yol chetida biroz turgach, yana yolga chiqdi. Qiz judayam charchagandi. Yigitning qaysidir mavzudagi sokin sozlari ta'sirida kozi ilindi...
- Allo,- qizni uyg'otdi yigit,- uyg'oning malika, shahrizga yetib keldik.
Qiz avtobus oynasidan tashqariga qaradi. Darhaqiqat yetib kelishibdi. Yana bir oz yurishsa bas.
- Mana bu sizga,- yigit qizga tumor tutdi shu payt,- tug'ilgan kuniz bilan!
- Rahmat, hojati yoq, shundog'am yetarlicha syurpriz kun boldi bugun.
- Sovg'ani qaytarishmaydi. Tog'ri, bu tumor u qadar qimmatbaho emas, ammo men uchun qadrli. Bu sizga ham omad keltiradi.
Qiz sezdiki, sovg'ani olmasa yigit xafa boladi.
- Rahmat,- dedi qiz bejirim tumorni qoliga olarkan,- chindan omad keltiradimi?
- Albattada.
- Unaqada, poyezdga nega kech qoldiz?
Qizning jilmayib soragan savolidan song yigit uning kozlariga qaradi va kulib javob berdi:
- Poyezddan qolib ketganimni kim omadsizlik dedi...
Qizning yuragi jizillab ketdi shu onda...
Avtobus toxtadi. Yigit va qiz avtobusdan tushishdi. Xayrlashish kerak edi-yu, lekin negadir bunday qilishda ularda xohish topilmasdi. Nihoyat, qiz jimlikni boldi:
- Mayli, hammasi uchun rahmat sizga, omon boling.
- Siz ham.
- Xayr...
- Nega endi xayr? Balki yana uchrashib qolarmiz?
Qiz jilmaydi:
- Qaydam...
- Men esa ishonaman,- yigit qolini avval yuragi ustiga, keyin peshonasiga olib bordi,- axir buni taqdir deydilar...
Qiz yigitga songgi bor jilmaydiyu burilib ketdi. Ketardi-yu yuragi dukullardi. Hayolida faqat bir soz aylanardi: buni taqdir deydilar... Birinchi bor uchrashdilar-u birinchi bor ayrilmoqda edilar... Qiz ancha yurib ortiga ogirilib qaradi. Ancha narida biroz surbetroq, lekin bu oziga yarashadigan kelishgan yigit xuddi u kabi ogirilib unga qarab turardi ...
* * *
Yigit shu kun bir kichik e'tiborsizlikka yol qoygandi. Bu
e'tiborsizligi ehtimol bir vaqtning ozida uning ulkan xatosi ham edi. U qizdan telefon raqamini, hech
bolmasa, ish joyi yoki manzilini sorashni unutgandi. Buning
uchun qanchalar afsus
chekmasin, endi befoyda edi. osha sohibjamol qizning gozal chehrasi har daqiqada koz ongida paydo bolaverardi.
Avtobusda qiz uning yelkasiga boshini qoyib uxlab qolganidagi
hayajonli holatini oylab qolardi.
Bir kun... Ikki kun... Uch kun... Yoq,
ortiq bu taxlit yashab bolmaydi. Uni topish kerak. Sevib qolganini
aytish kerak. Lekin qanday qilib? Faqat ismini-yu tug'ilgan kunini bilsa? Keyin dizayner ekanligi
ma'lum. Endi faqat qidirish kerak. Axir buni sevgi deydilar. Sevgi - bu taqdir...
* * *
Oradan 5 oy otdi...
Xiyobonda, gavjum odamlar orasida telefonda kim bilandir
suhbatlashib ketayotgan yigit
kimgadir urilib ketdiyu telefoni
qolidan tushib ketdi va chil-chil boldi. Yigit telefon bolaklarini
yerdan oldi-yu jahl bilan osha insonga qaradi:
- Kozizga qara.s... Siz?!
Yigitning qarshisida 5 oydan beri qidirib topolmaydigan, osha,
uning oromini og'irlab ketgan
uzun sochli qiz turardi. Yigit uni
osha xayrlashishgan kundan boshlab qidira-qidira hech
topolmasdi. Internetdan, modalar
uyidan, shaharning deyarli har bir hududidan uni qidirgandi. Lekin qiz haqida biron ma'lumot
topilmasdi. Chunki qiz oqirdi, dizaynerlik esa uning sevimli
mashg'uloti edi xalos. Vaqt otgan sari yigit taqdiriga tan bera
boshlagandi. Haya, taqdir... Mana u qizni yana yigitga
uchrashtirmoqda edi.
- Yaxshimisiz,- qizning yoqimli ovozi hayolini boldi.
- Endi, ha!
- Telefoniz singani uchunmi?
- Yoq... Uni siz sindirganiz uchun.
"Hecham ozgarmabdi". Shu fikr har ikkisining hayolida paydo boldi.
- Uzr sorayman, behosdan... Tog'risi, shoshib ketayotgandim...
- Ha, bu shaharda ham hamma shoshadi.
- Xatto poyezdlar ham...
Yana osha vaqtlardagidek kulgu
yangradi...
- Taqdirni qarang, sizni 5 oy qidirib topolmagandim, uni ozi bizni 5 soniya ichida uchratdi.
Aytgancha, hali ham taqdiqga
ishonmaysizmi,- yigit bir oz vaqtdan keyin, ular chetroqdagi
orindiqqa otirishgach qizdan soradi.
- Yoq,- jilmaydi qiz.
- Unaqada nima sabab aynan siz bilan bu taxlit uchrashib qoldik?
- Bu tasodif...
Yigit qizning shu 5 oy ichida uni unutib yubormaganligini sezdi. Har holda, uchrashganlarida, qiz
aytgan "poyezdlar ham shoshadi" iborasi uni nimadandir umidvor qilardi. Shu kun yigit qiz bilan
uzoq suhbatlashmadi. Lekin u qizning telefon raqamini oldi.
Shu kun yigitning yuzida ulkan
quvonch shukuhi porlardi. Har holda u qizning nima haqdadir chuqur oyga tolib qolayotganini
payqamasdi. U mast edi. Baxtdan mast edi...
* * *
Qiz poyezdga kech qolgan kun avtobusdan tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi. Bugun u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni juda ajoyib otardi. Oilasi davrasida haqiqiy bayram qilib nishonlashdi. Tug'ilgan kun torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib, charchagan koyi orniga yotarkan qiz bugun
sovg'alar ichida eng ajoyibini qoliga oldi. Bu yurakcha shaklidagi bejirim tumor edi. Unga qarab biroz surbetroq, lekin bu oziga juda yarashadiga n, kelishgan yigitni oyladi. Lablariga mayin tabassum yugurdi. Tumorni yostig'ining ostiga qoyib qoydi-yu kozlarini uyquga yumdi.
Ertasiga darsda otiribdi-yu hayoli ozida emas. Poyezd, avtobus... "Nimalar boldi menga? Bir kunda u haqda shuncha oylayapmanmi? Yoq, men sevib qolmadim. Bu sevgi emas..." Lekin qiz nohaq edi. U yigitni sevib qolgandi. Har tunda yostig'i ostidagi tumorni qoliga olib, shirin hayollar qilardi. Bu hayollar esa tobora uni yigitga qattiqroq bog'lab borardi. osha lahzalarda qiz yigit uni qidirayotganini sezardi, lekin hech narsa qilib bolmasdi. Kutish kerak. Faqat shu yol bor edi...
5 oydan song...
Qiz kunlar otib, yigitning kelmasligiga ishonch hosil qildi. Qayerdan ham kelardi. Balki butunlay unutib ham yuborgandir. Ayni shu vaqtlarda qizning oilasida uni uzatish haqidagi mavzu kun tartibida turardi. Qiz borgan sari bu talablarga rad javobini berishga qiynalardi. Oxiri hammasini ota-onasining ixtiyoriga tashlab qoydi. osha kunning ozidayoq qizning uyidan sovchilar rozilik javobi bilan chiqib ketishdi...
Ular ketishdi-yu qizni titroq bosdi. Xonasiga kirdi. Tumorni qoliga olib yig'lab yubordi. Negaligini ozi anglamasdi. Faqat yig'lagisi kelardi. Chunki u endi kelmaydi... Sovchilar bolalikdagi dostidan edi. Juda yaxshi yigit, lekin... Nimayam qilardi? Taqdiri shunaqa ekan. Haya, taqdir... U yana kimnidir eslatib yubordi. osha kuni qiz toyib yig'ladi. Bor hasrati koz yoshlarga qoshilib yuragidan chiqib ketdi.
Bugun qiz unashtirildi. Lekin yuragi hijil. Hamma baxt tilayapti. Qaydam? Toyni kuyovning ishlari tufayli 40 kundan keyinga belgilashdi. Qiz ozini chalg'itishga urinardi. Xonasiga kirib har doimgidek qadrdon tumorni qoliga oldi. Unga bir oz tikilib turgach yana joyiga qaytarib qoydi. "Yoq, bugun uni qolimda olib yuraman. Birinchi va songgi bor...",- qaror qildi qiz. Xiyobonda tumorni mahkam siqib shoshib ketardi. Keyin... Keyin urilib ketdi. Telefoni qolidan tushib sinib ketgan yigitga qaradi-yu qiz qolidagi tumorni qattiqroq siqdi...
* * *
Telefon orqali suhbatlar... Uchrashuvlar... Hammasi chiroyli edi. Qiz ham hammasini taqdir izmiga tashlab qoydi. Chunki uning sevgisi shu qadar kuchli ediki, undan shunchaki koz yumib ketolmasdi. Har uchrashganlarida yana va yana qattiqroq bog'lanib borardi. Faqat yigit har uchrashganlaridan song qanchalik baxtli kunlarning yaqinligi haqida oylardi, qiz esa yaqin kelayotgan iztirobli voqealarni his qilardi. Shuning uchun qiz hech kimga bildirmasdan kop yig'lardi...
Oradan 20 kun otib yigit qizga sevgi izhor qildi. Qiz esa eshitib turib yig'lab yubordi. Yoq, qiz ortiq faqat ozini oylay olmasdi. Hammasini toxtatish, ehtimol tugatish kerak edi. Uni quchib, yig'lama gulim deb shivirlayotgan yigitga e'tibor ham bermasdan yig'lardi qiz...
osha kun qiz hammasini oyisiga aytdi. Oyisi esa dadasiga. Ota chuqur oyga toldiyu qizini bir-necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi:
- Toy boladi!
Toy boladi... Yigirma kundan song...
Ertasiga yigit bilan uchrashgach qiz hammasini unga aytmoqchiydi. Lekin, yana ayta olmadi. Yigit ham qanaqadir mahzun kayfiyatda edi. U qizni uzoq bag'riga bosib turdi:
- Yig'lama, azizam senga kulish yarashadi...
"Nega yig'layapsan" deb soramadi ham...
osha kun qiz yigitni songgi bor korib turgandi. Ertasi kun qiz bu safar yigitga hammasini aytish uchun uchrashuv joyiga keldi. Lekin yigit kelmadi. Telefoni ochirilgan. Ikkinchi, uchinchi kun ham. 4-kun yigitdan sms keldi: "Meni kechir... Menga xorijdan yaxshi ish taklif qilishdi. Bilasanmi, mening kelajak rejalarim ulkan. Bu rejada sen ham bor eding, ammo endi hammasi birdaniga ozgarib ketdi. Afsusdaman. Baxtli bol..."
Qiz oqib kozlariga ishonmadi. Qayta-qayta oqidi. "Siz bunday qilolmaysiz.." yig'lardi u. Lekin hammasi ravshan edi. Qiz u bilan otkazgan shirin 3 haftalik baxtli kunlarini bir-bir xotirladi. Sevaman degandi , endi tashlab ketdi. Alam bilan unga javob yozdi:
- Sizga aytolmagan bir gapim bor: Meni turmushga berishyapti... Balki, kelajagizni oylab, tog'ri qilgandirsiz. Ketavering... Umuman qaytib kelmang... Sizi korishni istamayman.
Yodizdami, menga yurakchali tumor sovg'a qilgandiz, omad keltiradi deb? Menga soxta yurak hadya qildiz-u haqiqiy yuragimni olib ketdiz oziz bilan. Sizga baribir rahmat. Menga nimalarnidir orgatdiz. Masalan, taqdirga ishona boshladim. Lekin taqdirlarimiz ayro ekan. Yana bir gapni sizga aytolmaganman: Sizi sevaman! Hm... Yomon bolsaizam, bildiz... Nafratlanaman ham...
Sms yubordi-yu telefonini suvga otdi. orindiqda otirib ezilib yig'ladi. Hammasi tugadi...
Qizning toyi kuni ham keldi. Qiz xonasida kozguga qarab otirardi. Quloqlari ostida esa yigitning unga aytgan hamma gaplari bir-bir jaranglardi:
"Poyezdga kech qolganimni kim omadsizlik dedi?"
"Kul azizam, kulish senga yarashadi..."
"Buni taqdir deydilar..."
Uning yuzlariga yosh dumaladi. Shu daqiqada uning ortida otasi qolida qog'oz bilan ma'yus turardi. Otasi uning peshonasidan opdi:
- Meni kechir qizim...
* * *
20 kun avval...
Qizning otasi qizining boshqa yigitni sevib qolganini eshitgach, chuqur oyga toldi. Fotiha bolgan, hamma rozi. Qudalar ham yaxshi odamlar. Nega qanaqadir on kun ichida qizining bu taxlit ozgarib qolganini tushunolmasdi. Buni otkinchi hoy-u xavas deb qabul qildi va qizini bir necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi:
- Toy boladi!
Ota osha yigitni qidirib topdi. Istarasi issiqqina ekan. Lekin endi kech. U bilan ochiqchasiga gaplashib oldi:
- Qizim unashtirilgan, 20 kundan song toyi boladi, shuni bilasanmi?
Yigit jim bolib qoldi. Qizning nima sababdan sevgi izhor qilganda yig'laganini tushungan edi.
- Hammasiga endi juda kech... Iltimos qilaman sendan, qizimni chin yurakdan sevsang uni tinch qoy, chunki men ikki dunyoda ham toyni toxtatmayman. Qizimni hurmatini saqla, el-yurt oldida isnodga qoyma.
Yigit hech narsa deyolmasdi. Qizning otasi uzoq gapirib sozini yakunladi:
- Shunday qilki, u sendan nafratlansin. Meni kechir... Shunday qilsang, hammamizga yaxshi boladi...
Shunday dedi-yu ketdi. Yigit bolsa joyida turib qoldi...
Hozir qizning otasi undan qiz uchun jonini soraganida hech ikkilanmay bergan b?lardi. Lekin ayrim narsalarning qadri jondan ziyoda bolarkan. Nima qilish kerak? Yigit uchun shu kun juda og'ir boldi.
Ertasiga qiz bilan uchrashdi. Qiz yana yig'lardi. Yigit undan "nega yig'layapsan" deb soramadi ham. Uni bag'riga bosdi. Ichidan otilib chiqayotgan alami bog'ziga tiqilib qizga shivirladi: "Kul azizam, hech qachon yig'lama..." Yigit shu lahzada qaror qabul qildi: Taqdirga tan berish kerak... Qiz bilan boshqa korishmaslik kerak...
Ertasiga yana uchrashuv joyiga otlandi. Yoq, korishmaydi. Uzoqdan kuzatsa bas. U ozini kutayotgan qizni uzoqdan kuzatdi. Keyingi kun, undan keyin ham... Shu kun yigitga xorijdan ish taklif qilishdi. Yigit ketishga qaror qildi. Hammasini unutish uchun... Ertasi kun u qizga sms yubordi. Uning oqib yig'laganini uzoqdan kordi-yu qolini yuragi ustiga olib bordi va pichirladi: "Kechir jonim, mendan nafratlanishing kerak..."
Kunlar otaverdi. Yigitning samalyoti uchishidan bir kun oldin u qizni songgi bor korish ilinjida uning uyi yaqiniga bordi. Kordi ham. G'amgin gozal qiz...
Yigit qizning otasi bilan gaplashib olishi kerak edi.
- Men ertaga tongda Parijga uchib ketaman,- yigit qizning otasi yonida soz boshladi,- mana bu xatni unga berib qoying, iltimos. Sizning iltimosingizni bajardim. Siz ham bajarasiz deb oylayman... Xayr!
19:55
Yigit ketdi. "Endi seni kormayman. Kechir meni azizam... Baxtli bol!" Uning kozidan sizayotgan yoshlarni hech kim kormasligi uchun kozoynak taqib oldi.
Ota maktubni oqib yuragi tolib ketdi shu darajada sevarkan, bir og'iz sozini ikki ham qilmadi. Kuyov qilsa arzirdi. Lekin, kechikdi...
Tongga qadar hayollar iskanjasida qoldi. Tongda maktubni olib qizining xonasiga kirdi. Qizi judayam gozal. Lekin, uning kozlarida yosh bor edi. Ota ortiq bardosh qilolmadi. Qizini bag'riga bosib, peshonasidan opdi:
- Meni kechir qizim...
* * *
Ota qiziga xatni berib, yigit haqida hammasini aytib berdi. Qiz maktubni ochib oqishga tushdi:
"" Bugun mendan nafratlanayotgan bolsang kerak. Ishonaver buning hecham ahamiyati yoq menga. Chunki bugun men seni yana hammadan birinchi tabriklayapman. Qanday omadim bora? Sen jinnisan, negaligini bilasanmi? Toying haqida aytmading menga. Lekin meni kimligimni unutib qoyding. Men quvnoq "folbin"manku. Baribir bilvoldim. Xuddi tug'ilgan kuningdagidek... Yodingdami, taqdirga ishonmayman derding. Men esa qolimni avval yuragim ustiga, keyin peshonamga qoyib buni taqdir deydilar derdim. Buning ma'nosini bilasanmi? Bu yurakdagi sevgi uchun taqdirga minnatdorlik.. Ha, men taqdirimdan minnatdorman. osha poyezdga kechiktirgani uchun... Seni menga uchratgani uchun...
Keyingi 5 oyda aqldan ozayozdim. Seni qidirib. Topganimda esa endi kech bolgan ekan...
Meni kechir... Sen baxtli bolishing kerak. Menga oxshagan surbet bilan taqdiring qoshilmagan ekan. Men senga hozir soz beraman. Meni endi hech qachon kormaysan, men esa seni hech qachon unutmayman. Chunki sen bunga loyiqsan. Sen ham menga va'da berishingni xohlayman. Baxtli bolaman deb soz ber. Sizni unutaman deb soz ber. Chunki men unutilishga loyiqman. Seni tashlab ketayotganim uchun ham...
Senga bir gapni kop aytishga ulgurmadim. Bugun songgi bor aytaman: Men seni sevaman!
Sen baxtli bolishing kerak. Toying muborak bolsin...""
Qiz yig'lab-yig'lab xatni oqib tugatdi.
Otasi qizini yupatdi:
- U bugun Parijga uchib ketmoqchi. Bor qizim uni toxtat...
Qiz yig'lashdan toxtab, otasiga qaradi.
- Kochada taksi kutib turibdi. Ulgurishing kerak. Qolganini menga qoyib ber,- otasi qolini avval yuragi ustiga keyin peshonasiga olib bordida kuldi,- axir buni taqdir deydilar...
Qiz otasini quchoqladi:
- Rahmat, dadajon...
Keyin chopdi. U ketib qolmasligi kerak. Ketishga haqqi yoq. Qolidagi bejirim tumorni mahkam siqib taksiga otirdi. Taksi aeroport tomon yol oldi. Qiz esa hamon koz yoshlarini toxtata olmas va shivirlardi:
- Iltimos, ketib qolmang, bir martagina mening ham iltimosimni bajaring...
Taksi aeroportga yetib kelgach qiz shoshib ichkariga kirdi. Hamma yoqda odam. Qayerga borishini bilmasdi. Aeroport ichida esa operatorlarning yolovchilarga turli murojaatlari eshitilardi. Qiz nihoyat shoshilib nazorat punktiga keldi. Q?riqchilarning hay-haylashiga qaramay ichkarida otirgan qizdan shoshib soradi:
- Opajon, Parijga samalyot uchmadimi hali?
- 347-reys bilan Toshkent-Parij yonalishida samalyot yarim soat oldin uchib ketdi.
- ...,- qiz ozini yoqotib qoydi,- ketdimi?
U yigitning kulib turgan holatini koz oldiga keltirdi. Lekin u chindan kechikkandi. Samalyot allaqachon uchib ketgandi. Qiz odamlar gavjum bolgan kutish zalidagi orindiqlardan biriga borib otirdi. "U ketib qoldi. Endi uni hech qachon korolmayman..." - Iltimos, tumorimni qaytib ber,- yigitning ovozi eshitildi shu payt,- usiz samalyotga ham kech qoldim.
Qiz yigitga qaradi. Qolida bilet, chamadon... Unga kulib qarab turardi. Qiz uning quchog'iga otildi.
- Nega ketib qoldiz,- yig'lardi u.
- Ketib qoldi deb kim aytdi? Yuragimni tashlab qayerga ham ketardim,- uning sochlarini siladi yigit.
- Siz yomonsiz...
- Hm.
- Surbetsiz...
- Hm.
- Yana "hm"mi?
- Hm.
Ular kulib yuborishdi. Aeroportda esa hamma ularga qarardi. Qarayverishsin. AXIR BUNI TAQDIR DEYDILAR....
Комментарии 2