Tasavvur qiling, siz 90 yoshdasiz. Issiqqina
krovatda qimirlashga qiynalib yotibsiz. Har
qanday soniyada o`sha, oxirgi yurak urishlari
ham to`xtab qolishi mumkin. Kishilar qariganda
hayot haqida juda ham tez — tez deyarli har
kuni o`ylay, fikrlay boshashadi.
O`z sevgilari, boshqalar bilan munosabatlari,
o`tmishdagi yoqimli hislar… Hamma —
hammasini bir — bir ko`z oldidan o`tkazishadi.
Ayniqsa, ular uchun nimadir qilishga juda ham
yaxshi imkoniyat bo`lgan-u lekin qo`rquv
sababli bu imkoniyatdan foydalana
olmaganliklarini takror va takror yod etishadi.
Siz yotibsiz… Birdaniga… Qayerdandir vaqt
mashinasi paydo bo`lib qoldi.
Siz bu mashinaga o`tirdingiz-u u sizni shu yerga,
ha — ha aynan shu yerga olib kelib qo`ydi. Endi
siz 90 yoshda emassiz, siz hozir aynan shu yosh
— bu gaplarimni o`qiyotgan yoshingizdasiz.
Sizga ikkinchi imkoniyat berildi… Oldingizda siz
avval qilolmagan ishlaringiz turibdi.
Sizda foydali va qiziqarli ishlarni qilishingiz
uchun yana bir imkoniyat e’tibor bering SO`NGI
imkoniyat bor!
Axir siz qo`rquv sabab bo`lib
imkoniyatlaringizdan foydalana olmaganingiz
tufayli zarikarli qarichilik qanaqa bo`lishini
bilasiz!
Bu oddiygina matematika: Bu dunyodan
o`tishimizni bilsak va bu aniq fakt ekanligini
tushuna olsak, bundan qo`rquvning narxi 0 (nol)
ga teng ekanligi ko`ramiz.
Unutmang! Qo`rquv sizning hisobingizdan
yashaydi, aynan siz unga ma’no bag`ishlaysiz
va uni sezilarli ko`rinishga olib kelasiz.
Agar siz nimanidir qila olsangiz — qiling!
Agar kimgadir nimadirni aytmoqchi bo`lsangiz
— ayting!
O`zingizdagi bor narsa uchun shukrona
keltiring.
Qo`rquvingizning dushmani va sizning
buyukligingizdan xursand
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев