1. Agar qo`ng`iroq qilishga va’da bergan
bo`lsangiz — qo`ng`iroq qiling.
2. Kech qolyapsizmi? Bu haqida xabar berib
qo`yish yo`llarini toping.
3. O`zgalarning orzulari ustidan kulmang.
4. Sizga xiyonat qilgan insonlar oldiga qaytmang.
Ular o`zgarmaydilar.
5. Ota-onangizga ko`proq vaqt ajrating. Kech
bo`lib qolganini sezmay qolishingiz mumkin.
6. Xushmuomalalik shaharlarni zabt etadi,
bundan tez-tez foydalanib turing.
7. Iloji boricha televizor ko`rmang.
8. O`z xatolaringizni tan olishni o`rganing.
9. Shikoyat qilish kabi illatlaringizni yo`qoting.
Birovning muammosi boshqalarni qiziqtirmaydi.
10. Mish — mish tarqatmang!
11. Suqrot aytganiday, har qanday tushunarsiz
holatlarda uxlab dam oling. Hamda esingizdan
chiqarmang Sulaymon payg`ambarning
uzugidagi yozuv — «Bu ham o`tib ketadi».
12. «Olg`a borish» degan narsa bor, sinab
ko`ring — yordam beradi.
13. Har qanday jiddiy janjalda ham inson
ko`nglini og`ritishdan qoching. Sizlar
yarashasizlar (haqiqatga yaqin), so`zlar esa uzoq
vaqt yodda qoladi.
14. Haqiqatni ayting. Shunda hech narsani eslab
qolishga hojat qolmaydi.
15. G`oya keldimi? Yozib qo`ying.
16. Kunning boshida eng qiyin va yoqimsiz
ishlarni qiling. Shunda kunning boshqa qismida
sizni keraksiz fikrlar chalg`ita olmaydi.
17. HECH KIM hech kimdan qarzdor emas!
«Majbur» degan so`zni unuting. Bu so`zni so`z
boyligingizdan o`chirib tashlang. Aks holda,
haqiqatdan ham qarzga bog`lanib qolasiz, bu
qarzlar esa faqatgina moliyaviy emas, balki,
ruhiy qarzdorlik hamdir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев