Предыдущая публикация
Men seni sevaman, g’uncha labida,
O’pichdek titragan shabnam misoli.
Men seni sevaman, tunning qo’ynida,
Kundek yoriyotgan bir sham misoli.
Men seni sevaman, cho’qqini quchib,
Jarlikda osilib turgan qoyaday.
Men seni sevaman, o’zidan cho’chib,
Ortida yshirib yurgan soyaday.
Men seni sevaman, oh, bindan ortiq,
Sevishimni talab qilmagin gulim.
Bundan ortiq sevgi etolmam tortiq,
Bundan ortiq sevgi bo’ladi o’lim!
#музыка
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев