Rashk haqidagi rivoyatlar islom dinida katta o‘rin olgan. Biz bu yerda Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy hadislarini o‘rinli deb topib, misol sifatida ulardan ba’zilarini o‘quvchilar ommasiga havola qilishga qaror qildik. Mug‘iyra rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Uboda: «Agar men bir begona kishini xotinim birlan ko‘rib qolsam, uni qilich keti birlan ermas, tig‘i birlan urib, chopib tashlayman», - dedi.
Janob Rasululloh: «Sa’dning rashkidan ajablandingizlarmi? Men Sa’ddan, Alloh taolo ersa mendan ham ko‘proq rashklidur!» - dedilar. Abdulloh ibn Ma’sud rivoyat qiladilar: «Alloh taolodan ko‘ra rashkliroq kishi yo‘qdur, shul boisidan ham ul buzuqliklarni harom qildi, shuningdek Alloh taolodan ko‘ra madhni yoqtiradirganroq kishi ham yo‘qdur!» -dedilar. «Oysha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Ey, Muhammad ummati! Alloh taolodan so‘ra, agar u o‘z bandasining zino qilayotganini ko‘rsa, ko‘proq rashk qiladirgan zot yo‘qdur! Ey Muhammad ummati! Agar men bilgan narsalarni bilganingizda erdi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lur erdingizlar!» - dedilar».
Oysha raziallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam menga: «Men sening mendan mamnun bo‘lganingni ham, mendan darg‘azab bo‘lganingni ham darhol bilib olaman», - dedilar. Men: «Buni qayerdan bilasiz?» - dedim. Ul zot: «Agar mendan mamnun bo‘lsang: «Yo‘q, Muhammadning Parvardigori haqi!» - deb aytasan va agar mendan darg‘azab bo‘lsang «Yo‘q, Ibrohimning Parvardigori haqi!» - deb aytasan», - dedilar. Men «Ha, shunday, Xudo haqi, yo, Rasululloh! Mamnun bo‘lganimda faqat sizning ismingizni aytaman», - dedim».
Oysha raziallohu anho rivoyat qiladilar: «Men janob Rasulullohni Xadichadan rashk qilganchalik hech bir ayoldan rashk qilmaganman, chunki ul zot Xadichani ko‘p eslab, ko‘p maqtar erdilar. Jannatda Xadicha uchun shakarqamishdan qasr bunyod qilib qo‘yilganligini uning o‘ziga basharot qilmoqni Alloh taolo Janob Rasulullohga vahiy qilgandi».
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев