Agar umumiy tarzda oladigan bo‘lsak, biz - hammamiz sipo o‘tmishimiz va hozirgi sun’iy hayotimizning qurbonlarimiz. Biz o‘zimizning hidni sezish qobiliyatimizni o‘stirishni o‘rganishimiz lozim. Masalan, sevgidagi bunday hissiyot o‘z ahamiyatiga ko‘ra anglashdan keyin ikkinchi o‘rinda turishi mumkin. Tanamizning deyarli har bir qismi uchun mo‘ljallangan dezodarantlar reklamasi bilan bizni to‘xtovsiz garang qilishyapti, bu ish shu darajagacha davom ettiriladiki, hidga va sovunga shunchalik to‘yinamizki, oxir-oqibatda fabrikadan yangi chiqqan plastinkadek o‘zimizdan allaqanday hidlar taratadigan bo‘lib qolamiz.
Biz erkaklar va ayollar tabiatan bir-birlariga o‘zlarining tabiiy hidlari bilan instinkt holda intilishlari dalilini bilishni unitib qo‘ydik. Ko‘pincha ular boshqa narsaga qaraganda qarama-qarshi jins hidlaridan uyg‘onadilar. Ayniqsa, teri, soch, og‘iz, jinsiy a’zolar va boshqalarniig tabiiy ifori odam uchun yoqimli bo‘lishi yoki hatto shahvoniy hirsni haddan tashqari uyg‘otib yuborishi mumkin. Buni juda ommaviy, ayni paytda sirli hisoblangan «kimyoviy maftunkorlik» atamasi ham qisman izohlab beradi.
Peshob xaltasining kuchli va o‘tkir tabiiy hidini yoqtirmaydigan odamlar ham yo‘q emas, albatta. Shu bilan birga, haddan ziyod dezodarantlar sepish yoki dushga tushish yo‘li bilan bunday hiddan qutulish ham mumkin, ammo bunaqa qilganda peshob xaltasi muhitidagi sekresiya va a’zolarning tabiiy balansi buzilib, infeksiya paydo bo‘lishi hech gap emas. Biz tozalik va oddiy gigiyenaga qarshi fikr bildirayotganimiz yo‘q. Balki biz erkaklar va ayollar uchun oddiy gigiyena va nihoyatda ozodalik zarur ekailigini ta’kidlab o‘tmoqchimiz, xolos. Anglab yetish tuygusini ham rivojlantirish darkor. Viktorian davrida odamlar sevgi bilan kiyimda shugullanganlar. Jinsiy a’zolarni mustasno qilganda, badanlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegmagan. Bizning kunlarimizda to‘shakda kiyimda yotadiganlar kamdan-kam topiladi, albatta. Biroq biz hamon jinsiy a’zolar aloqasi bilangina cheklanib qolayapmiz. Jinsiy a’zolarning mexanik shahvoniyati va sevgi o‘rtasidagi farq shundan iboratki, keyingisida 6ytyn badan va his-tuyg‘ular ochiq bo‘ladi. Har ikkovi - er va ayol uchun badanlarni anglab yetish oshiq-ma’shuqlik ehtiyojini rostmana qondirish nihoyatda muhimdir. Sevgi er bilan ayol o‘rtasidagi uyg‘un hamkorlik bo‘lib, bunda ularning qo‘llari hamda tanasi, har qanday boshqa qismi bir-biriga lazzat bag‘ishlaydi. Masalan: A) Sevgi bilan shug‘ullanish paytida bir-biringizni qo‘llaringiz bilan anglab yetishni bir lahza ham to‘xtatmang, toki bu ish ikkovingiz toliqib, uyquga tayyor bo‘lguningizcha davom etsin.
B) Odatda, ayolning peshob xaltasi va ko‘kraklari eng hissiyotli joylari hisoblanadi. Ammo bu a’zolarga darhol qo‘l tekkizmang, avvaliga uning qo‘llarini erkalang va o‘ping. Ayol, shuningdek, umurtqa pog‘onasi atrofida boshdan to orqa belga qadar hissiyotli bo‘ladi. Bu nuqtalar har bir ayolda turlicha joylashgan bo‘ladi, ammo eng nozik joylari quloq, ensa va toz atrofi, ayniqsa, orqa tomoni hisoblanadi. Shuningdek, belning ichki tomoni ham juda hissiyotlidir. Uning qornini sizning qorningiz mayin erkalashi mumkin. Bu esa sevgining eng katta quvonchlaridan biri sanaladi.
С) Erkakda esa eng hissiyotli joylar uning dastmoyasidan tashkari qulog‘ining ichi, ba’zi erkaklarda ko‘krak qafasi hisoblanadi. Erkaklarning 50 foizga yaqini ko‘krak ereksiyasiga ega bo‘ladi. Shuningdek, belning ichki yuzasini ham sinab ko‘ring. D) Badanni muvaffaqiyatli erkalash sirlaridan biri boshdan to oyoq tirnoqlariga qadar iloji boricha ko‘proq nuqtalarga tegib chiqishdadir. Sevgini anglashda faolsizlik yaramaydi. Sizning qo‘llaringiz juftingiz tanasida tinmay sirg‘alib yuraversin, agar ayol nafas olsa yoki siz tomon harakat qilsa, tanangiz bunday o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildiraveradi.
E) Sevgi mashg‘ulotining eng avvalida ayollar badanni to‘liq anglab yetishga e’tiborni jamlashlari lozim. Taranglashgan dastmoyaga tegishidan shahvoniy hirslari tez uyg‘onib ketadigan ayollar bundan mustasnodir. Shuningdek, uzoq davom etadigan badanlar aloqasi erkakda ereksiya paydo qilmasa, ayol qo‘lini dastmoyaga olib borishi zarur. Yosh yigitning dastmoyasi, odatda, juda sezgir bo‘lib, tez bo‘shaladi. Unga uzunasiga sal-pal qo‘l tekkizish kifoya. Uning o‘zagini yengilgina bosing - boshiga tega ko‘rmang. Keksa erning dastmoyasini qo‘lga olib, qattiqroq ushlash mumkin. U ereksiyaga tez erishmaydi va darhol bo‘shalmaydi. Keksa er ereksiyaga erishuvining eng yaxshi yo‘li unga ikkala qo‘lni qo‘yishdir. Siz qo‘lingizni kosacha qilib juftingiz dastmoyasini rag‘batlantirsangiz, shunda uning shahvoniy hirslari tez uyg‘onadi, chunki bunday holat peshob xaltasiga kirish holatini eslatadi.
Siz diqqat-e’tiborni dastmoya boshi va tuxumlarni erkalashga qaratganingiz ma’qul. Tajribasiz ayollar tuxumlar, moyak xaltasidan o‘zlarini olib qochishga harakat qiladilar. Tajribali ayollar esa bularning muhimligini yaxshi tushunishadi. Keksa erlar o‘z tuxumlarini his etishni yoqtirishadi. Biroq ehtiyot bo‘lib qo‘lga oling! Eng yaxshi usuli - qo‘lni kosacha qilib, moyak xaltasini uning orasiga olish, ayni paytda, moyak xaltasi chetlari va dastmoya ildizini barmoqlarning uchlari bilan silash. Nima qilsangiz ham, qattiq eza ko‘rmang. Bunday usulda rag‘batlantirish yosh erkakni juda tez bo‘shalishiga majbur etib qo‘yishi mumkin, shunday ekan, ehtiyot bo‘lganingiz ma’qul. Eng yaxshi natijaga erish-moq uchun bitta qo‘l bilan yumshoqroq qilib ushlang, jufti-halolingiz tomonidan bo‘ladigan keskin reaksiyalarga hamisha tayyor turing. Ba’zi erkaklarning jinsiy olati ayoliniig qo‘liga tushganidan keyin darhol uyg‘onib ketadi, boshqalari esa hatto to‘la ereksiyaga erishmaydilar.
F) Erkaklar o‘zlarining qo‘llari silliq va toza bo‘lishi haqida g‘amxo‘rlik qilishlari lozim. Qo‘pol tegishuvdan kamdan-kam ayollargina zavqlanadilar. Aksariyat ayollar Marlen Ditrix aytgani kabi his etadilar: «Barcha haqiqiy erkaklar ehtiyotkor bo‘lishadi, agar erkak mu-loyim bo‘lmasa, u ayolni qiziqtirmay qo‘yadi». Sizning qo‘llaringiz ayolning ba’zi nihoyatda nozik joylariga tegishi kerak bo‘ladi. Aksariyat ayollar o‘z peshob xaltalarini barmoqlar yordamida iydirishni istaydilar, uni sizning qo‘llaringiz yoki o‘zining qo‘llari yaxshilab, biroq ehtiyotkorlik bilan silab-siypalmasa, to‘la uyg‘onmaydilar, orgazm hosil bo‘lmaydi. Dag‘al yoki iflos barmoq ularda asabiylashuv holatini yuzaga keltirishi yoxud infeksiya bilan zararlanishiga olib kelishi mumkin. So‘ngra yana shunday toifadagi ayollar ham borki, eng yuqori nuqtaga yetgunlaricha ularning siynalarini erkalash zarur bo‘ladi. Boshqa tomondan, umuman hech qanday rag‘batni yoqtirmaydigan ayollar ham uchraydiki, buni jufti haloli sinov va xatolar orqali bilib oladi. Ehtimol, uni badanlarning to‘la tegib turishi qoniqtirar, biroq u erining barmoqlari uning tashqi a’zolarini silab-siypalasa, yoqtirmasligi mumkin. Bunday toifadagi ayollar barmoqlarini haddan tashqari muloyim ishlata bilmaydigan erkaklar uchun o‘ta qiziqish uyg‘otishi ehtimoldan uzoq emas.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев