Jinsiy hayot tajribasida urganilib, ma’lum atamalar bilan nomlangan bosqichlar borki, bularni bilib qo‘yish foydadan holi emas. Bu bosqichlar jinsiy yaqinlikning muhim tarkibiy qismlari bo‘lganligi uchun, ularniig ayol va erkaklardagi o‘ziga xosligi xususida so‘z yuritamiz. Libido - xohish-istak, hirsniig yuzaga kelishi; ma’lum ayol bilan jinsiy yaqinlik qilish istagi erkaklarda ayollarga nisbatan osonroq, tezroq yuzaga keladi. Libidoning yuzaga kelishi uchun erkaklarning ayol diydorini ko‘rishining o‘zi ham ba’zan kifoya qiladi. Yigit kishi ayol diydorini, qad-qomatini, kiyimini ko‘rib, hayajonga tushadi, hirsi uyg‘onadi, binobarin, bu libidoning yuzaga kelishiga kuchli ta’sir qiladi.
Libido ayollarda birmuncha kech naydo buladi, his-hayajonning yuzaga chiqishi erkaklarga nisbatan birmuncha kuchsiz va davomliroq bo‘ladi. Bunga sabab ularning his-siyotida ruhiy holatning fiziologik holatga nisbatan ustunligidir. Ereksiya quzg‘alish yuzaga kelishidan boshlanib, jinsiy yaqinlikka tayyorlashunga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda ayol jinsiy a’zolarida bir qator o‘zgarishlar yuzaga keladi: qin namlanadi, klitor (jinsiy a’zolarning qon bilan ta’minlanishi) kuchayishi hisobiga katta va kichik jinsiy lablar kattalashadi sekretsiya bezlari, ayniqsa, jinsiy a’zolar bezlarining ishi zurayadi, tana qiziydi, ba’zan teri shilliq qavati qizaradi va boshqa shunga uxshash holatlar paydo buladi. Erkaklarda ereksiya paytida jinsiy a’zoga qon kelishi ko‘payadi, uchta g‘ovaksimon tanachaning qon bilan ta’minlanishi hisobiga jinsiy olat 3-4 barobar kattalashadi va nihoyatda taranglashadi. Bunday kattalashish, uning qon bilan ta’minlanishiga, aniqrog‘i, qon tomirlarining qayerda joylashishiga bog‘liq buladi. Barcha a’zolarda arteriya chuqurroq, vena qon tomiri yuzaroq joylashgan bulsa, olatda buning aksi buladi. Olatda arteriya yuzaroq joylashgan buladi hamda venaning chuqurroq joylashishi natijasida g‘ovaksimon tanachalar qonga tulib, venani qisib quyadi va shuning hisobiga qonning venada yurishi qiyinlashadi, bu esa jinsiy a’zoni yanada shishiradi hamda uning bir necha bor kattalashib, nihoyatda taranglashishiga olib keladi.
Ereksiya bosqichi erkaklarda ayollarga nisbatan qisqaroq buladi, chunki ular birmuncha tez va oson quzg‘a-ladi. Hatto ba’zan olatning shunchaki ishqalanishidan ham beixtiyor ereksiya holati yuzaga keladi. Ba’zan sevgan ayolini ko‘rganda, jinsiy yaqinlik qilish istagini uylash yoki biror tanish, yoqimli hidning sezilishi ham ereksiyani paydo qilishi mumkin. Ayollarning aksariyatida ereksiya ko‘p vaqt talab qiladi. Erkaklarda bo‘lgani kabi, beixtiyor erkak kishini kurgandayoq yuzaga kelavermaydi, chunki ularda ruhiy holatning ustunligi ereksiyaga ham o‘z ta’sirini kursatadi. Ayollarda ereksiya paydo bo‘lishi erkakning shirin gapirishiga, jinsiy yaqinlik qilinadigan joyning xoli, bexavotir bo‘lishiga, erkakiing upib erkalashiga, erogen zonalarini silab-siypashiga, badanning va urinning tozaligi va xushbuyligi kabi boshqa ko’pgina sabablarga bog‘liq buladi. Bular, albatta, erkak kishiga ham ahamiyatli-yu, lekin ayol uchun hal qiluvchi omillar hisoblanadi.
Erkaklar va ayollarda ereksiya bosqichida hirsning qo‘zg‘alishi bir-biridan farq qiladi, ya’ni erkak kishi iloji boricha hirsini tezroq qondirishga harakat qiladi, ayol kishi esa bu vaqtni mumkin qadar chuzadi, jinsiy yaqinlikni boshlashga shoshilmaydi, chunki bu vaqt qanchalik chuzilsa, ayollar shuncha ko‘p lazzatlanadilar. Erkaklar buni yaxshi bilishlari va jinsiy yaqinlik vaqtida hisobga olishlari ksrak. Ayolda ereksiya bosqichi tuliq utmaguncha, qo‘zg‘alish intihosiga yetmaguncha erkak kishi jinsiy yaqinlikni boshlamasligi kerak. Ayolda ereksiya tuliq kechmasa, qin namlanmasa, ayol jinsiy yaqinlik vaqtida har xil og‘riqlar sezishi mumkin. Ayolda ereksiya jarayonining tuliq kechganligini, jinsiy yaqinlikka tayyorligini uning xatti-harakatidan bilib olsa buladi.
Friksiya olatning qinga kirishi va friksion harakatlarning boshlanishidan to orgazm - nihoyatda lazzatlanish yuzaga kelgungacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Friksion harakatlar odatda 1,5-2 minutdan 6 minutgacha davom etadi va, asosan, orgazm bilan tugaydi. Agar erkak kishi me’yorida muntazam jinsiy hayot kechirib yursa, orgazmni 1,5-2 minutdan oldii sezsa, bu jinsiy zaiflik belgisi hisoblanadi. Agar ayolda quzg‘alish va ereksiya to‘liq o‘tishiga hamda friksion harakatlar 6-10 minut davom etishiga qaramay orgazm yuzaga kelmasa, buni jinsiy sovuqlik frigidlik deb hisoblash kerak. Bunda ayolning buyida bo‘lib qolishidan qo‘rqayotganini, qayerda va qay sharoitda jinsiy yaqinlik qilinayotganligini va boshqa sabablarni, albatta, hisobga olish zarur. Jinsiy hayotni endi boshlagan va hali orgazm tuyg‘ularini umuman his etmagan ayollar bundan mustasno. Shuning uchun ham yuqorida aytib o‘tilganlar barcha ayollarga taalluqli emas. Ko‘pchilik friksion harakatlarni faqat erkaklar vazifasi sifatida biladilar, vaholanki, bunday harakatlar ayollar tomonidan ham bo‘lsa, orgazm hissi osonlashadi va lazzati ortadi. Jinsiy yaqinlikni emotsional idrok qilish erkakda ham, ayolda ham nihoyatda kuchayishiga olib keladi. Friksion harakatlar to‘g‘ri, spiralsimon va aylanasimon bo‘lishi mumkin.
Umuman, qinnning torligi, friksion harakatlarning har xil bo‘lishi, uning tezligi va erogen zonalarning ta’sirlantirilishi orgazmni tezlashtiradi. Bu davrda erkak kishi ayol kishining mayl-istagiga qarashi kerak. Shundagina ayol kishi jufti haloli bilan bir vaqtda lazzat oladi va butun vujudi erib, orom oladi, jinsiy yaqinlik tugagandan keyin ham har ikkalasi qoniqish hosil qilib, yengil tortadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев