Qiyomat maxshardan shamol yeldimi?
Adnoda soatlab o'tirgan singlim,
Ko'chaga qarachi, sovchi keldimi?
Bilaman adnoda oshig'ing bisyor,
Surating ishqida ular xaridor,
Mayliga xafa bo'l, aytaman takror,
Ko'chaga qarachi, sovchi keldimi?
Rasmingni qo'yasan, klass bosishar,
Gap bilan sochingga o'zin osishar,
Sevaman asalim- deya yozishar,
Qarachi ulardan sovchi keldimi?
Adnodan topilur do'st, o'rtoq, ulfat,
Lek yordam qilolmas, kelganda kulfat.
Adnodan uylangan yigitni ko'rsat,
Ko'chaga qarachi sovchi keldimi?
Singiljon gaplarim botdimi og'ir?
Haqiqat achchiqdir avvaldan axir,
Ko'zingda yonmasin man uchun qaxr,
Adnodagi yigitdan sovchi keldimi?
Gapimga quloq tut ey o'zbek qizi,
Sen ota-onangni, xalqingni yuzi.
Baxtliman kor qilsa Muhammad so'zi,
Ko'chaga qarachi, sovchi keldimi?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев