Jonim!
Shirin hayollarga ovundim Jonim!
Ayriliq o'tida qovrildim Jonim!
Sevgilim! Hayotim! Borlig'im mani!
Hammadanam ko'proq sevaman sani!..
Tongmi yo yarim tun qo'ng'iroq qilib,
Sog'indimda deysan, qo'yasan kulib,
Bitta jilmaysang bas yonimga kelib,
Sevgim osmonida qanotim mani,
Hammadan qizg'onib sevaman sani!
Sevaman, o'laman kuyaman deysan,
Qachon bag'ringizda kulaman deysan,
Sizsiz men devona bo'laman deysan,
Quvonchim, qayg'umsan faryodim mani,
Hammadanam ko'proq sevaman sani!
Agar o'lib qolsam yuragim ushlab,
Iltimos, yig'lama qabrimni mushtlab,
Men deb xazon bo'lma ko'zlaring yoshlab,
Ko'ngil borlig'imda bisotim mani,
Hammadanam ko'proq sevaman sani!
Qaytib ko'rishmasak mendan rozi bo'l,
Diydor qiyomatga alvido ey gul,
Jannatlarda birga bo'larmiz butkul,
Taqdirim qismati, murodim mani,
HAMMADANAM KO'PROQ SEVAMAN SANI...!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2