Yo sharqirab oqar suvga tushsa nigoxim,
Xotiralar yuragimni o'tadi tilib,
Naxot seni uchratganim bo'ldi gunoxim.
Yulduzlarga termulgancha o'ylayman seni.
Faqat ular guvox bo'lgan visol onimga.
Qo'shiq aytsam oxangidan quvnardi dilim,
Nechun endi azob berar ular jonimga?
Uzoqlarga ketsam ta'qib etar xayollar.
Tushlarimda tinchlik bermas "Visol" deb yurak.
Sen tomonga tortiqlaydi o'ynoq shamollar,
Pinxon bo'lgan sevgim mening senga-mi kerak?!
Yuragimga oshno bo'ldi qo'lda qalamim,
She'rlarimda bayon etdim oxu zorimni.
Dil qulfini ocholmagan tilmi aybdor,
Aytganimda bo'lmasmidi dilda borimni?!
Aytolmasdim. Nigoxingda yashirin ma'no.
So'zliringda muxabbatga cheksiz extirom.
Vujudingda ishq o'tidan taralgan yog'du
Faqat o'zga muxabbatga berardi orom.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев