EMASSAN!!!
"Ahmad" Saudiya Arabistoni
shayxlaridan birining erkatoy,
yakkayu yolg'iz farzandi. Otasi
katta shayx bo'lishiga qaramay u
Islom diniga beparvo edi. U islom
dinini faqat namoz o'qishu ro'za
tutishdan boshqa narsa emas
deb tushunardi. Va dinga eskilik
sarqitidek qarardi. U AQSHga
o'qish uchun keldi. Va shu yerda
Buyuk Britaniyalik Margaret ismli
go'zal qizni uchratdi. Margaret
Lordlar oilasida dunyoga kelgan
bo'lib, 3 o'g'ildan so'ng tug'ilgan
yagona qiz. U ham otasining
erka farzandi. Margaret endigina
19 yoshni qarshilagan edi. Juda
sohibjamol, kelishgan qad-
qomatga, quvnoq moviy
ko'zlarga va doim sho'x
tabbasum qilib turuvchi go'zal
chehraga ega edi. Kuragidan sal
pastroqqa tushib turuvchi malla
sochlari uni yanada jozibador
ko'rsatar edi.
Ahmad qanday bo'lmasin
Margaret bilan tanishish yo'llarini
qidirdi. Buning uchun bor
imkoniyatini ishga soldi va
buning uddasidan chiqdi.
Tanishganidan bir oy o'tib
Ahmad va Margaret yaqin
do'stlarga aylanishdi. Ular birga
dars tayyorlashar, Hiyobonlarni
aylanishar va birga kinoga
tushishar edi. Har ikkisi ham
o'zlarini juda baxtli his qilishar
edi. Kunlardan bir kun Ahmad
Margaretga sevgi izhor qildi va
unga uylanmoqchiligini aytdi.
Margaret esa:
"Men qarshi emasman, ammo
sen muslmonsan, sening
oilangdagilar menga
uylanishingga rozi bo'lishmaydi"
deb javob berdi. Ahmad
uydagilarini albatta ko'ndirishini
otasi bilan o'zi gaplashishini va
undan boshqasiga
uylanmasligini aytdi. Va u bilan
hayrlashdi. Ertasi kuni Ahmad
otasiga qo'ng'iroq qildi:
"Dada men uylanmoqchiman"
Otasi: "O'g'lim juda to'g'ri
qilasan, yoshing ham 25ga
yaqinlashib qoldi. Kecha onang
bilan shuni maslahatini
qilayotgan edik. Ho'p desang
qo'shnimiz Zaydning qizi
Ominani kelin qilmoqchimiz".
Ahmad hayajonlanib ketdi va:
"Dada men Ominaga
uylanmayman, men Margaretga
uylanaman u Britaniyalik, juda
aqlli va go'zal qiz" dedi.
Otasi qattiq g'azablandi va dedi:
"Esing joyidami?! Hali bizga
shuni ravo ko'rdingmi, qarigan
chog'imda seni orqangdan bir
g'ayridinni kelin qilib olibdi
degan gapni eshitamanmi?"
Ahmad qo'rqib ketganidan
peshonasidan muzdak ter chiqdi
va:
"Dada agar u muslmon bo'lsa
unga uylanishimga ruxsat
berasizmi?" dedi.
Otasi: "Unday bo'lsa roziman".
Ahmad otasi bilan hayrlashib
AQSHdagi kitob do'konlaridan
biriga bordi. Qur'onning
inglizcha tarjimasi va o'zi ham
tushunmaydigan diniy (islomiy)
kitoblarni harid qildi. Margaretni
Universitet studiyasida qo'shiq
kuylayotgan holida topdi. "juda
jozibador va maftunkor". Uning
hayolidan shu so'zlar o'tdi. U
Margaretni chaqirib kitoblarni
berdi:
"Agar shularni o'qib chiqsang
otam to'yimizga rozi bo'ladilar".
Margaret odatdagi tabassumi
bilan bir oy muhlat berishini
so'radi.
***
"ORADAN BIR OY O'TDI"
Ahmad Margaret bilan
ko'rishishga oshiqardi. Taxi
ushlab belgilangan joyga yetib
bordi. Va oldida turgan qizni
umuman taniy olmadi.
Margaretni hijobda ko'rib uni
islomga kirganini tushundi va
juda quvondi. Ammo uning
chehrasi avvalgiday tabassum
qilmas, aksincha juda g'amgin
edi. Moviy ko'zlari avvalgiday
quvnoq emasdi. Juda ma'yus va
bir oy ichida juda ko'p yig'lagani
bilinib turardi. Avvalgiday o'zini
erkin qushday tutmasdi.
Nimadandir bezovtalanar va juda
uyatchan bo'lib qolgandi. Ahmad
unga ikkinchi marta sevgi izhor
qilib, uylanmoqchi ekanligini
bildirdi.
Margaret ko'zlarini olib qochdi va
yerga qaragancha ma'yus
ohangda javob berdi:
"Men hayotimni faqat haqiqiy
mo'min kishi bilan tasavvur
qilaman. UZR AMMO SEN HAQIQIY
MUSLMON EMASSAN".
"Ahir..."
"Menda boshqa gaping bo'lmasa
men Qur'on yodlash to'garagiga
shoshib turuvdim".
Shundan so'ng ular qayta
ko'rishishmadi.
Chunki Margaret universitetdan
bo'shab Madrasaga o'qishga
joylashgan edi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2