)
Salom keldingmi?
- Jinnivoy yig'layapsanmi?
- Nega yig'layapsan?
- Qanday kulay? Axir xayrlashgani keldimu, ertaga to'yim. Ertadan sizni boshqa ko'rmiyman, ko'rsam ham gaplasholmiman, tushunmayapsizmi o'zi nima bo'lyotganini, qanday yig'lamay, iloji bormi yig'lamay.
- Garchi xayrlashayotgan bo'lsak ham sendan oxirgi iltimos kulib xayrlashgin, toki seni eslaganda doim tabassum bilan eslay, qani jilmaychi! Qani Qani.
- Xo'p mana.
- Ex xatto kulgularingda xam yig'i aralash.
- Menga bir nimani tushuntirib bering o'zi bizga nima bo'ldi? Axir xammasi yaxshi edi. Qanday sabab borki xayrlashyapmiz. Men xamma narsaga tayyor edim, xatto ota onamni ko'ndira olardim. Nega qo'rqoqlik qildiz? Kurashmay taslim bo'ldiz? Yoki sevmasmidiz. Ayting aybim nima?
- Bilasanmi xar doim xam biz xoxlaganday bo'lavermaydi. Mendan nafratlanishing mumkin. To'g'ri baxtli bo'lishimizga ikki qadam qolgandi, lekin shu ikki qadamni bosish uchun ikki akamni tepalap o'tishim kerak edi. Bilarding meni Bir emas Ikki akam, Opam bor . Akalarimni tepalap ulardan oldin senga ulangani vijdonim yo'l qo'ymadi..Akalarim meni o'qitaman deb uylanishmadi. Rossiyada musofirchilikda ishlab, ukam bizday qiynalmasin, noni butun bo'lsin deb topgan pulini Meni kelajagimga Sarflashmoqda. Ularni tepalap uylansam ko'zlariga qanday qarayman. Seni esa uyingdagilar kutishmadi. Yo'q men akalarimni va ota-onangni ayblamayman, bular bir sabab holos. Ular faqat seni baxtli bo'lishingni xoxlashdi, hamma ota onalar kabi. Aslida birga bo'lish peshonamizga yozilmagan. O'zingni esa xech ham ayblama. Seni faqat bitta aybing bor u ham bo'lsa onang seni go'zal tuqqan.
- Siz akalarizni o'ylaysiz, menichi? O'ylamadizmi? O'ylamadiz-a, yana shoirlarday gapirishinichi. Onam meni chiroyli tuqqandan ko'ra, baxtli tuqsa bo'lmasmidi. Axir men sizga sodiq qolmoqchidimkuuuuu. Endi odamlar sevgiga ishonmay qo'yadi.
- Mana bu daraxtga qara, hu anavi sarg'aygan bargni ko'ryapsanmi, uxam daraxtiga sodiq qololmay uzilib yerga tushadi. Bu tabiat qonuni, shu kabi xayotimizda xam biz istamagan qonunlar bor.
- Sog'insamchi? Nima qilaman?
- Bilaman senga tanlashgan yoring yaxshi inson, xar taraflama o'zingga mos, keyin ro'zg'or, uy yumushlari bilan sog'inishga vaqting bo'lmaydi. Yoningda yoring xam bo'ladi.
- Sizchi sog'insezchi nima qilasiz?
- Meni o'ylama aslida hammadan senga qiyin bo'ladi. O'zga qo'llarga, o'zga muxabbatga, boshqa barmoqlar sochlaringni o'ynashiga ko'nikishing kerak. Endi o'zga ovoz seni erkalab suyishiga chidashing kerak. Bunig uchun esa senga katta kuch va sabr kerak. Senga olloxdan katta kuch va sabr tilab qolaman.
- Bunaqa gaplarni gapirmang battarroq yig'lab yuboramanuuu.
- Mana ro'molcha! Voy uzr o'rganib qolibman doim xafa bo'lsang yoshlaringni artib qo'yardimu, endi bu gunox, yoshlaringni o'zing artvola qol.
-Ro'molchangizni Bering!
-Yo'q...
Bering... Ko'z yoshinmi Siz Artmasangiz xam, Oxirgi Marta Shu Ro'molcha Ko'z yoshimni Artsin...
- Xm.. Xo'p mayli Olaqol...
-..............
-Bo'ldimi? Endi Qaytarib ber!!! Senga endi buni keragi Yo'q... Ertangi Xayotingda Shu Ro'molcham Sabab Meni Eslab yig'lashingni Xoxlamayman...
-Yo'o'o'q bermayman...Mayli Yig'lasam...Iltimos Shu Menga "Jonli" Xotira bo'lib qolsin...
-Yo'q qaytar. Aytdimku Yig'lashingni Xoxlamayman...
-Iltimoooosss... Qolaqosin... Bo'lmasa Yana yig'layman...
-Xo'p qolaqosin. Faqat yig'lama!!!
- Meni yig'lama deb o'ziz yig'layapsizu, ana ko'zizda yosh ko'rindi.
- Bu quvonch yoshi axir ertaga sen orzu qilganday oq ko'ylak kiyasan. Ertadan seni kelinchak deb atashadi. Shirindan shakar o'g'il qiz farzandlaring bo'ladi. Afsus bu go'zallikni ko'rish menga nasib etmasa kerak. Shuni bilamanki sen dunyodagi eng go'zal kelin bo'lasan. Boshqalarga o'xshab meni unutma demiyman. Chunki meni har bir eslashing senga gunox bo'ladi, men gunohkor bo'lishingni xoxlamiyman. Bir tush kabi unut. Shu paytgacha yaxshi tushlar ko'ryatudik, uyg'ondik deb tassavur qilda xatto eslama. Agar sen tush bo'lganingda edi, bir umr turmay uxlagan bo'larmidim. Sendan so'nggi iltimosim menga qilolmagan vafoni jufti halolingga qilgin, doim kulib yurgin senga kulish yarashadi.
- Sizchi nima qilasiz? Nima endi sizni xatto hayolan ham o'ylay olmaymanmi? Gunohmi? Chiday olarmikinman? Chidashga majburmanku. Sizdan ham iltimos, siz ham tezroq uylaning faqat mendan chiroyliroq, vafoliroq bo'lsin doim sizga g'amxor'lik qilib, mexriboniz bo'lsin.
- Buni vaqt ko'rsatadi. Biz sevdik sevildik demak baxtli bo'lishga xaqlimiz. Baxtli bo'lamiz ham. Menga bir narsa taskin beradi. Bizda baxtli kunlar bo'lgan. Eslasak arzigulik xotiralarmimiz bor. Menga muximi bir birimiz orqali muxabbatni angladik. Yashashim uchun shu kifoya. Telefoning jiringlayapti go'shakni ol. U qo'ng'iroq qilyaptimi?
- Hm. U telefon qilyapti, ketishim kerak. Lekin hecham ketgim kemiyapti. Qani vaqt to'xtab qolsayu shu yerda qolsam.
- Boraqol endi, ketaqol kutib qolishdi.
- Yana ozroq azgina qolay.
- Boraqogin endi.
- Hm. Xo'p mana ketyapman. Yaxshi qoling baxtli bo'ling! - Sen ham baxtli bo'l! Asta-asta qadam tashlab ketyapsan, yerda yotgan hazonlar qadamlaringdan shitrlab ayriliq simfoniyasi chalayotganday. Orqangga bir-bir qarab qo'yasan ko'zlaring olib qoling deya mo'ltirayotganday. Goxo xayr deb qo'lingni ko'tarib qo'yasan. Oxirgi qarashda yig'i aralash kulib qo'ydingu, bulutlar ortiga berkingan quyoshdan ko'rinmay ketding. Sen ketding u yo'ldan, men ham ketdim bu yo'ldan. Faqat ayriliq qoldi sevgimizdan. Hazonlar guvohida mana shunday hayrlashdik bizlar. Yana bir sevgiga qo'yildi nuqtalar...
(o'z ijodimdan)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев