Xayorim tortadi tanxo sen tomon,
Bilmaysan, naqadar kuchlidir ishqim.
Sen o'zgaga bjqdingmi, bilgin,tamom...
Sen o'zingni oqlamoqqa shoshilgin.
Ko'rinmoq istaysan barchaga ko'rkam,
Barchani aylamoq bo'lasan maftun.
Barchaga loyiq sendan o'ktam,
Men nochor zobga bo'laman tutqun.
Seni gapga tutib qolsa bir jonon,
Bilginki u mening kuchli raqibim.
Yonimda o'zini tutib saramjon,
Nega senga sirli qiladi tazim?..
Mashuqalaring ko'pmidi azaldan,
Ko'zlaringi olib qochma ko'zimdan.
Nega "Seni tashlab ketaman" , -desam,
Qo'rqib, ko'zing qidirmadi izimdan.
Nega oqardi yuzing ul kelganda,
Ne uchun oladi u seni kutib?
Men sen uchun shamol bo'lib yelganda,
U nima demoqchi qo'lingdan tutib.
Aytchi, unga kim beribti ijozat,
Meni ko'rib nega to'lg'anar rashqda
Sendan xato o'tdi, xatoing tuzat,
Yo unda de , yoki meni tanlada.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев