Otlari nima? Ular kimni avlodi, ahvollari nechukdur?
Donishmand aytdi: Ashobi Kahf bir podshoning o’g’li erdi. Daqqi Yunus degan kofir "œXudolik" da’vosini qilganda, podshoh qo’rqib, o’g’illarini Daqqi Yunus xizmatiga yuborgan edi. Bir kun Daqqi Yunus xaloyiqlar birla o’ltirib edi tomdin ikki mushuk urushib Daqqi Yunusning oldiga tushdi. Daqqi Yunus qo’rqib yiqildi. Podshohni o’g’li aytdi: Daqqi Yunus "œXudo" bo’lsa, mushukdan qo’rqmas edi. Bizni Xudoyimiz yeru osmonni yaratgan "œXudo" deb, ko’ngillariga tushdi. Darhol iymon keltirib, biyobonlar tarafiga ravona bo’ldilar. Bir podshohni ovchi odami anga Daqqi Yunusni voqeasini bayon qildilar. Podshohni ovchisini iti ham bor edi. Ular birla hamroh bo’ldi. Ketib bir g’orga kirdilar. Duo qildilar: Ey bor Xudoyo, bizni korimizni oson qilg’il, deb. Bularni korini oson qildi. Bularga kun tegmadi, shamol ham tegmadi. Rohatda yottilar. Bir haftadan keyin farishtalar atrofini olib, saqladilar. Uch yuz to’qqiz yil g’orni ichida uxladilar. Ammo ko’zlari uyquda, ko’ngillari bedordur. Hazrat Iso AS osmondan tushganda Jabroyil xabar berurlar: Ashobi Kahf uch yuz to’qqiz yil g’orda uxlaydi. Xudoyi Taolo bedor qilur! Uyg’onib qarasalar, sochlari va tirnoqlari o’sib, kiyimlari eski bo’lubdur, G’ordan chiqorlar yana sharm qilib g’orga kirarlar. Ayturlarki: "œQornimiz ochti. Bir kishi shaharga kirib taom olib kelsin", degay. Yamlihoga bir necha diram berdilar"¦ U diramni olib, shaharga kirar va bir novvoyga borur, diramni ko’rib, novvoy ayturki: "œDaqqi Yunusni xazinasidan olibsan! Bir diramni menga ham ber! Agar bermasang, sani podshoga olib borurman" deb ushlab oldi. Podshoni oldiga olib bordi. Podsho Daqqi Yunusni diramini ko’rib tanidi. Yamliho voqealarni bayon qildi. Podsho Yamliho birla g’orga kirdi. Yamliho aytdi: "œEy podsho, siz bu yerda turing, g’orga kirib, ularga ma’lum qilay!" Yamliho g’orga kirib ketdi. G’orda hammalari g’oyib bo’ldi.
Bir soatdan keyin podsho ham g’orga kirdi. Hammalari g’oyib bo’libtur. Anda Hazrat Iso AS munojot qilur: Ey bor Xudoyo, Ashobi Kahf qayon kettilar? Jabroyil xabar berurlar: Yo Iso, Ashobi Kahf Xudoni qudrati birla osmonga chiqib kettilar. Yetti ismlari bu turur: Yamliho, Makshaino, Marnush, Dabarnush, Shoznush, Kafishtad, Qitmir ismlarini aytib, xotinlar chap yoniga bog’lasa, tavallud qilmog’i osondur.
Malika so’radi: Necha kichik bola onasidan tavallud topgan zamon so’zlar?
Donishmand aytdi: Avvali Hazrat Iso AS tavallud bo’lib o’n besh kundan keyin so’zladi. Ikkinchi, beshikdagi bola Hazrat Yusufga guvohlik berdi. Mirrix Atorib aytdiki: "œEy ota qayda erdingiz?" Otasi aytdiki: "œMa’budim qoshida erdim". O’g’li: "œMa’bud degan kim turur?" Otasi: "œButlarim!" O’g’li aytdi: "œSani butlaringni Xudoyi kimdur?" Otasi: fikr qilib butlarini qoshiga kelib aytdi: "œEy butlarim, mani o’g’lim shundog’!" dedi. Butlardin ovoz chiqdiki: "œO’g’ling rost aytur, bizdan bezor bo’l! Xudoyi Taologa iymon keltirgil!" Bu so’z asar qildi, Yahyo payg’ambar AS zamonlarinda iymon keltirdi. To’rtinchi, Ibrohim AS onalaridan tavallud bo’lib, yigirma kundan keyin onalariga nasihat qildilar. Beshinchi Dajjol onasidan tug’ilgan zamon so’zladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев