Odamlarni tutib yeydur, xotinlarimizni fisqu-fujur qilur. Hazrat Iso AS bular rost ayturlar deb chunonchi, "œQur’on"da mazkurdur: "œQola Taoli Yajuja va Mauja mufsiduna fil arzi", ya’ni yajuj Majuj shaytondin mardud bo’lg’ondur. Hazrat Iskandar zamonlarida yuz kishi paydo bo’lib erdi, bir guruhini qaddi o’n ikki ming farsang, soqoli uch farsang. Bir guruhini Yajuji mahif derlar, bir guruhini Majuji muqama derlar. Qaddi olti yuz farsang, soqoli ham olti yuz farsang, ammo qulog’i kattaligi sufradek bo’lg’onidan bir qulog’ini ostida, bir qulog’ini ustiga yopinib yoturlar. Oyoqlari odamni oyog'i’a o'xshar, qo’llari ham odamni qo’llariga o’xshar. Hazrat Iskandar sababi birla o’ldira olmay qo’rqar edilar. Hammasini Ovun tog’iga haydab bordilar. Yo’llariga sad boyladilar. Hazrat Iskandar Xudoyi Taoloni farmoni birla band qilib soldilar. Bandni uzunligi 150 farsang, tomini balandligi ikki ming sakkiz yuz arqon bo’yicha bor. Saddin o’tolmay tog’ni orqasida tosh va o’t yeb yotar erdi. Vaqtiki Saddi Iskandardin chiqar, olamga to’lur. Xaloyiqarni tutib yer! Hazrat Iso AS birla imom Mahdiy Tur tog’iga chiqib haqqi subhona va taologa murojaat qilib, zoru tazarru qilurlar: "œYa’juj Majujni yo’q qilur!" deb ovoz kelur. Yajuj Majujni Hazrat Iso AS birla imom Madiy o’ltirurlar. Xaloyiqlar xalos toparlar. Andin keyin Hazrat imom Mahdiy vafot etarlar. Hazrat Iso yuvib janozalarini o’qib, lahadga dafn qilurlar. Hazrat Iso AS Shomga borib, qirq yil podshohlik qilurlar. Hazrat Muhammad Mustafo SAVni shariatlariga rivoj berurlar. Hazrat Odam Asni ziyorat qilib, qabrlarini quchoqlab vafot bo’lurlar. Bani Isroyil avlodini Sloih otlig’ bir odamni Hazrat Iso ASni yuvib namozlarini o’qib, Madinaga eltib, Hazrat Muhammad Rasulullohni yonlariga dafn qilurlar. Tamomi olamni kuforlik bosar.
Olimlar fosiq bo’lur. Eru xotindin sharmu hayo ko’tarilur, ko’cha va bozorlarda qarz urib fisqu fasod qilib yururlar, hech kishini iymonu islomdin xabari bo’lmas, mo’minlarni yuzlarida bir oq nishona bo’lur. Ani ko’rib: "œAntal mo’min jannatiy", ya’ni "œSen jannatiy bo’lgan mo’minsan!", degaylar.
Oftob Mag’ribdan chiqar, tavba eshigi band bo’lar.Andin keyin Dobat — ul arz paydo bo’lur. Qaddi uch ming yuz gaz yo’g’onligi ikki ming besh yuz gaz, to’rt oyog’i bor. Har qo’lida ikki bozusi bor, boshi ho’kizni boshig’a o’xshar, bo’yni tuyani bo’yniga o’xshar, ko’zi to’ng’izga o’xshar, tuyog’i tuyani tuyog’iga o’xshar. Yetti yil yurib tamomi olamni sayr qilib aytur: "œEy xaloyiqlar, bilinlar Hazrat Muhammad Mustafo SAVni dinlari barhaq. Kofirlarni dini botil" deb qichqirur. Andin Ko’hi Qofga yetib g’oyib bo’lur. Andin keyin Xudoyi Taolo Suri Isrofilga farmon qilur!".
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев