Olimlarni omilar bosib o’tirurlar. Har kim ulamoni bosib o’ltursa, gunohkor bo’lur, bu Hadis mazmuni birlakim: "œQolan nabiyu alihis salomu sahttiy fiz zamonin a’lo ummatih tashribuvna min voraqis sammi va qulbuhum savodun va alisnotihum ahzoru va basaaruhum nanisun va fohlihum rushuqun va a’zobuhum fi al qabri abadan qolai nabiyullohi alihis salomu man sharaba duxana osimun yadhulu un nara big’ayri shakkin qullu sammin haromun nuqula min tuhfatil Abror va ro’zi mini bob alvohi faslal haromi qolan nabiyu alihis salomu sah’ati fiz zamonin ‘alo ummatin yaquluna duxana summa laysa lahum imonan va ana bari’un va laysa lahum shafoati yavmal qiyomati nuqolih min kanzil Asror", ya’ni qimor o’ynarga va sharob icharga moyil qilurlar, zulm birla madrasa, masjid va rabo va havz qilurlar. Uurg’ va qarindosh va hamsoyalar haqini bajo kelturmaslar. Shayxlar muridlariga dunyo so’zlarini aytur, shariat so’zlariga amal qilmaslar, xayru saxovatni riyo birla qilur, yolg’on guvohlik berurlar. Xotinlar erkak libosini kiyar, nomahram birla zino qilurlar. Nomahramdan qochmaslar. Bad asllar Sayyidlik da’vosini qilurlar. Podshohu vazir, qoziyu ulamo, muftiylar dodni adl birla qilmay, pora birla so’rarlar. Dunyosi ko’p bo’lsa, baxil bo’lur o’limni yod qilmaslar. Vaqtiki, bu alomatlar paydo bo’lgan so’ng Makkada imom Mahdi o’n to’rt yoshda bo’lur. O’n yil Shomu Rum Arabda podshohlik qilurlar. Hamma xalq bay’at qilurlar. Andin keyin Dajjoli lain Mashriq tarafdin eshakka minib devlar birla kelur. Ul Dajjoli la’indin yuzi qaro, o’ng ko’zi ko’r, peshonasida bitiklik: "œHuval kafiru billahi" deb qaddi yuz o’n gaz devlar ba’zisi filga va ba’zisi tevaga va ba’zisi sherga va ba’zisi ilonga va ba’zisi chayonga minib kelur. Baland tog’larga chiqib surnayu karnay tabl chalib yuz ming turlik ovoz birla qichqirurlar"¦ Bu ovozni eshitib olamdagi nag’masozlar va sharobxo’rlar qo’shilur, oldida yuz ming turlik ovoz qildirib shaharga kirib, ko’chada yurib ayturki: "œEy xaloyiqlar man yer yuzini "œXudosidurmen", har kishi mani dinimga kirsa, dunyoda do’st tutarman, behojat qilurman", deb. Ko’p xalq bu nag’masiga ishonib, Dajjolni oldiga chiqar. Ammo Xudoyi Taoloni oshiq va sodiq bandalari ayturlarki: "œHamma olamni Xudoyi Taolo yaratkan", deb ani ovoziga quloq solmay, Xudoyi Taolodin panoh tilagaylar. Ammo Dajjoli la’inni juhudlar yer yuzi "œXudosi" derlar. Ammo Dajjoli la’in o’ng tarafidagi xalqqa Do’zaxni ko’rsaturki: har kim dinimga kirmasa, Do’zaxga solurman! Der! Juhudlar ayturlarki: "œBizni ota va onamizni turgizib ko’rsatsang, diningga kiraylik! Dajjol devlarga buyurarki, bularni ota-onasini suvratini qilib ko’rguzur!"Juhudlar farmanbardor bo’lib,Dajjoli la’in ko’p shaharlarni olur. To’rt shaharni ololmas. Avval Makkani ,2.Madinani,3.Turi Sinoni. 4.Bayt-ul-Muqaddasni. Hazrat imom Mahdi munojaat qilib ayturki:"Ey,bor Xudoyi ,Dajjoli la’inni sharidin bizlarni saqlag’il "œ,derlar.Duolari mustajob bo’lur! O’shal zamon Juma kuni namozdigar vaqtida osmondin Makkag’a Hazrat Iso AS tushar. Hazrat imom Mahdiy kelib salom ayturlar:"Ey payg’ambari xudo,bizg’a imom bo’lsunlar namoz o’quylik",der.Hazrat Iso AS Mahdiyni:Siz imom bo’lung "œdeb,o’ng qo’llarida turg’aylar. O’ttiz ming kishi birla Hazrat imom Mahdiy imom bo’lur,namozdagilarni o’qug’aylar. Andin keyin Hazrat imom Mahdiy ayturlar:"Yo Iso AS , bizlar Dajjolni sharidin ojiz bo’lduq!"Hazrat Iso AS ertasi namozi Bomdodni o’qub ,imom Mahdiy birla lashkar olib ,shahri Haybarg’a borurlar.Ul shaharni kattalig’i besh yuz farsangdir.
Uch yuz oltmish darvoazasi bor, shaharni atrofi qal’adur. Hazrat Iso AS: "œDarvozalarni ochinglar", derlar. Darvozalarni ochkaylar. Shaharga kirarlar. Hazrat Iso Asni nazarlari Dajjolga tushar.
Dajjol eshagiga minib turar. Hazrat Isoni ko’rib yerga yiqilur. Hazrat Iso AS uch yuz gaz nayzalari birla Dajjolni urarlar. Hazrat imom Mahdiy qilich birla choparlar. Dajjol o’lib Do’zaxga ketar. Andin keyin lashkarni o’ldirurlar. Har yerda lashkaridan qochib qolgan bo’lsa, u yerdan ovoz chiqar: "œDajjolni lashkari bunda!" deb, topib o’ldirurlar. Dunyo bo’lardin pok bo’lur. Iso AS imom Mahdiy shahri Haybarda ikki yil podshohlik qilurlar. U yerda bir masjid bino qilurlar. Uch tarafidin darvoza qo’yurlar. Qibla tarafidin qo’ymaslar. Bnu masjidga ming kishi sig’ar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев