Предыдущая публикация
Ko'zlarimiz to'qnash kelgandi.
Ular sirli yog'dular sochib,
Qalbimizga sevgi solgandi.
Shirin edi diydor onlari,
Bahor edi o'sha damlari.
Bir yil o'tib yana uchrashdik,
Ilk uchrashgan o'sha manzilda.
Ammo noxost qayrilding,ketding,
Men yo'yibman uni hazilga.
Berilibman g'aflatga shu dam,
Bahor edi o'sha damda ham.
Mana,qancha bahorlar o'tdi,
Endi ancha ketdik yiroqlab.
Ammo hamon izlab yuribman,
Har bahordan seni so'roqlab.
Umid berar har yili takror
Hamon mening qalbimga bahor...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев