Qiz yo'q uyda jambil rayxon o'smaydi.
O'g'illarning ota bilan ishi yo'q,
Qiz xar qadamda otasini eslaydi.
Ko'zlariga surgay yurgan izingiz,
Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz?!
Qiz yo'q uyda tonglar erta otmaydi,
Tomda oftob ayvonda oy yetmaydi.
O'g'il qanday do'st bo'ladi bilmadim,
Qiz do'st bo'lsa siringizni sotmaydi,
Og'ir kunda javdiratmas ko'zingiz,
Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz?!
Umr daryo tolega kim kafildir,
Qizning borar joyi bo'lak soxildir.
Qiz dardiga yetmaganlar g'ofildir,
Qiz bor uyda yorug' bo'lar yuzingiz.
Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz?!
Dunyo ko'rki shu ko'zlari shaxlolar,
Qizlar bilan chamanzordir saxrolar.
Bir qayrilib Qaysni Majnun aylagan,
Toxirlarni Toxir qilgan Zuxrolar.
Qiz tufayli butdir rizq u ro'zingiz,
Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz?!
Ayting kimning paymonasi to'lmagan,
Qiz bor ota yot bag'rida o'lmagan.
O'g'lim yo'q deb o'kinganlar johillar,
Xatto, Payg'ambarning o'g'li bo'lmagan.
Bilib ayting aytganda xar so'zingiz,
Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz?!...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев