– Ey, ey keling, Xusravboy. Juda xudo yorlaqagan odamsiz-da. Ayni, oshning ustiga keldingiz. O‘zi sizni eslab turgandim. Niyatim xolis ekan, birga ovqatlanadigan bo‘ldik. Xusrav (biz va onam uni yoshi katta bo‘lsa ham, yoniga hech qanday jumlani qo‘shmay, shunchaki Xusrav deymiz) o‘zi ham bemavrid kelib qolganini bilib xijolatlandi. Uyalib yerga qaradi-yu, lekin qizarib ketgani, oftobda kuyganidan yaltirab qolgan yuzlarida bilinmadi.
– Yo‘q, okajon. Kirmayman. Shu tomondan o‘tib ketayotgandim, bir xabar oldim-da. Uzr, bezovta qildim.
Xusrav uzr so‘ray-so‘ray ortiga tisarildi.
– Bunaqasi ketmaydi, Xusravboy, – dadam o‘rnidan
turib chorpoyadan pastga tushdi. – Rizqingiz qo‘shilgan ekan, tashlab ketish yo‘q.
Dadam qistayverib qo‘ymaganidan, Xusrav noiloj rozi bo‘ldi. Uning biz tomonga kelayotganini ko‘rgan onam-ning qoshlari chimirildi, osh suzib kelgani zarda bilan o‘rnidan turayotib, hammaga eshittirib «uf-f» tortdi. Uning bu qilig‘ini ko‘rgan dadam qovoqlarini uyib, ko‘z-larining ostidan yomon qaradi. Xusrav qo‘lini yuvgach, dadamning yoniga o‘tirdi. Dadam ikkisi uchun boshqa laganda osh olib kelgan onam, sovuqqina qilib salom berdi. So‘ngra u bilan bir dasturxonda o‘tirib ovqatlanishni istamay, to‘yganini bahona qilib turib ketdi. Ertalabdan beri tuz totmagan, shekilli, Xusrav oshdan yutoqib yer, so‘ngra bizni o‘ziga hayron qarab turga-nimizni ko‘rib lagandan qo‘lini tortdi. Gunoh qilib qo‘ygan odamday yerga qaradi.
– O‘g‘ilchangiz ko‘rinmaydimi? Yo hozir faqat o‘zingiz yuribsizmi?
– Yo‘q, u meni kutib turibdi.
– Nima, kutib turibdi? Qayerda? – dadam hayron bo‘lganidan og‘zidagi oshni chaynashdan to‘xtab gapirdi.
–Nimaga shuni avvalroq aytmaysiz? Kun tushdan o‘t-yapti, uniyam qorni ochib ketgandir. Behruz,-dadam menga yuzlandi. –Bor ko‘chada turgan Bashirni cha-qirib kel. Menga uni yetaklab kelish yoqmayotgan bo‘lsa-da, dadamning jahlidan qo‘rqib, o‘rnimdan qo‘zg‘aldim. Boshida-ku, hayron bo‘ldim. Doim birga yuradigan ota-bolaning bugun bittasi ko‘rinmayotganiga. Shu Bashirni
hech yoqtirmadim, yoqtirmadim-da. Aslida-ku menga yomonligi tegmagan. Bolaning jussasi otasiga kelishib ketsa-da, u Xusravga nisbatan biroz to‘laroq. Tan olish kerak, gavdasi kelishgan. Bo‘yi menga qaraganda balandroq. O‘zi ozg‘in bo‘lsa ham, bilaklarining baquvvatligi va chayirligi bilinib turadi. Uning
xunuk tomoni terisining qoraligi, lekin nimagadir unga shunisi yarashib turadi. Men yettinchi sinfni tamomladim. Bashir men tengi. Uni maktabga bormasa kerak deb o‘ylagandim. U hozir ko‘p dars qoldirsa ham, ammo savodi ancha yaxshi ekan. Ko‘chaga qarasam, terga tushib ketgan Bashir uyi-mizning soyasida o‘tirgan ekan. Meni ko‘rgach, o‘rnidan turib xaltasini ko‘tarib nariroqqa ketdi. «Buncha mag‘rur bo‘lmasa, bu gadoyvachcha», deya xayolimdan o‘tkazdim. O‘ziga bildirmay ust-boshiga razm soldim. Juda abgor. Shimi eskirganidan ba’zi joylari teshilib qolgan, ustidagi ko‘ylagi esa o‘zi chirib tushmaguncha yechilmaydi. Yana shu holiga egilgisi kelmaydi.
– Seni dadam ovqatga chaqiryapti. Ichkariga kirar-kansan, – dedim unga gapirayotgan bo‘lsam-da, boshqa tomonlarga alanglab.
– Yo‘q, rahmat. Ovqatlanmayman. Iltimos, otamga ayt, tezroq chiqsin.
Uning gapi g‘ashimni keltirdi. To‘g‘ri-da, boshqa-larning eshigidan kirsa, yo o‘zlari, yoki iti quvib soladi.
Oshga chaqirishayotganiga jon de maydi-ya. Noshukr. Unga boshqa yalinib o‘tirgim kelmadi. Hovliga qaytib kirdim. Ovqat ye mayman dedi,– chorpoya yoniga bormas-dan turib baqirdim. Bashir, hoy Bashir. Amakingga bir qara, – dadam yo‘g‘on ovozda bolani chaqirdi.
Dadamga yuz o‘girib ketolmadi:
– Assalomu alaykum, chaqirdingizmi, amaki?
– Ha-da, nimaga ovqatga kelmaysan? Aytganimni qilib tez bu yoqqa chopqilla.
Noiloj Bashir so‘ljayib chorpoya tomonga yurdi. Ista-maygina xontaxtaning bir chekkasiga omonat ilashdi.
– Bu boshqa gap. Qani, Behruzning yonidagi oshga qo‘shil.
Dadamning gapini eshitib, kapalagim uchub ketdi. Ammo noroziligimni ochiq bildirolmadim.
– Yoshingiz teng, Bashirning biroz balan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев