Предыдущая публикация
Almoyi kuylarga jo'r bo'lar.
Pishirgan ovqati sho'r bo'lar,
Qiz bola kimnidir yoqtirsa.
Ko'zguga qoshini qoqadi,
Husniga jilmayib boqadi.
Tunlari gapirib chiqadi,
Qiz bola kimnidir yoqtirsa.
Hayolda bir umr qarimas,
Yuzidan hayajon arimas.
Har qanday yumushdan xorimas,
Qiz bola kimnidir yoqtirsa.
Sevgidan romanlar o'qiydi,
Ovqatni yolg'ondan cho'qiydi.
Tushida ro'molcha to'qiydi,
Qiz bola kimnidir yoqtirsa.
Qoshiga o'smalar qo'yilar,
Soch degan yelkaga yoyilar.
Tor xona keng olam tuyular,
Qiz bola kimnidir yoqtirsa.
Yuragi quvonchdan to'ladi,
Jiddiyroq gapiring kuladi.
Hayoli parishon bo'ladi,
Qiz bola kimnidir yoqtirsa.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев