Предыдущая публикация
Qonlar kechib qon yutgandim.
Ne azobda unutgandim,
Aytgin nega qaytib kelding?
Gul umrimni g'ashlab ketib,
Ko'zlarimni yoshlab ketib.
Osongina tashlab ketib,
Aytgin nega qaytib kelding?
Ko'z yosh bilan ovungandim,
Bardosh berib og'ringandim.
Qayda eding sog'inganda,
Aytgin nega qaytib kelding?
Tuyg'ularim o'yin qilib,
Yetishmoqni qiyin bilib.
Ketgandingku ko'ksim tilib,
Aytgin nega qaytib kelding?
Tig' ustida yurganimda,
Tushlarimda ko'rganimda.
Qayda eding og'ir kunda,
Aytgin nega qaytib kelding?
Tinglamading afsus shu payt,
Yolvorgandim ketmagin qayt.
Biror aybim bormidi ayt?
Ayt nega qaytib kelding?
Ne baxona topib kelding?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев