) — arilar
oilasining bir turi. A. vatani Jan. Osiyo
hisoblanadi. Hoz.davrda jan. kengliklardan Chekka
Shimolgacha tarkal-gan. A.lar, asosan, oila bo‘lib
yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida "podsho-si"
deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir
necha yuz erkak A.dan iborat. Ona A. tanasi uz.
20 — 25 mm, vazni 200 — 250 mg , bahordan
kuzga kadar tuxum qo‘yish va oilani boshqarish
vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini
qoplaydi, nektar, gul changini yig‘uvchi
apparatining yukligi bilan farq qiladi. Ona A.ning
jinsiy a’zolari rivojlan-gan. 5 yilgacha yashaydi
(tajribali asala-richilar ona Ani har ikki yilda
yangilab turadilar). Bir sutkada 2 — 2,5 ming-
tagacha tuxum qo‘yadi. Otalangan tuxum-lardan
21 kunda ishchi A., otalanmagan tuxumlardan 24
kunda erkak A. chiqadi. Agar lichinkalarni ishchi
A.lar asalari suti bilan oziqlantirib tursa 16 kunda
ona A. chiqadi. Tuxumdan chiqqan ona A. 7 — 8
kunda jinsiy balog‘atta yetadi. Er-kak A. tanasi
uz. 15 — 17 mm, vazni 200 mg , qorin qismi
to‘mtoq bo‘lib, oldingi qanotlari uzun, gul changi
va nektar yi-guvchi apparati, nayzasi yo‘q,
ko‘kragi keng , hartumi qisqa. Bir oilada 80 — 100
tagacha erkak A. bo‘ladi. Asosiy va-zifasi ona A.ni urug‘lantirish (asosan, havoda juftlashadi,
urug‘lantirganidan keyin halok bo‘ladi). Ular
uyada faqat yozda bo‘ladi, kuzda oilada urchish
ish-lari to‘xtashi bilan ularni ishchi A.lar uyadan
quvib chiqaradi. Ishchi A. tana-si uz. 11 — 15
mm, vazni o‘rtacha 100 mg , jinsiy a’zolari
rivojlanmagan, urgo-chi asalarilar bo‘lib, yozda 35
— 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda
60 — 80 ming , qishda 10—15 ming ishchi A.
bo‘ladi, soatiga 60 km tezlikda ucha oladi, oiladan
2 — 3 km va undan ortiq masofaga uchib borib,
nektar va gul chan-gini yig‘ish, nektarni asalga
aylanti-rish, mum ishlash, lichinkalarni boqish,
katak qurish, uyani qo‘riqlash kabi ish-larni
bajaradi. A qadimdan qimmatbaho mahsulotlar
bo‘lgan asal, propolis, mum, ona asalari suti,
asalari zahari va b.ni olish, shuningdek q.x.
ekinlarini mevali bog‘larni changlatish uchun
boqiladi (q. Asalarichilik). A. oilasi bir mavsumda
683140 — 150 kg asal to‘playdi, bundan 100 kg
A. ta’minotiga sarflansa, 40 — 50 kg asal ajratib
olinadi. A. oila a’zo-larining xizmat faoliyati
o‘zaro bog‘liq bo‘lganidan ularning birortasi ham
o‘zicha mustaqil hayot kechira olmaydi.Zotlari:
O‘rta Rossiya o‘rmon (qoramtir) A. zoti (A.m.
millifera) — eng ko‘p tarqalgan zotlarga kiradi.
Arila-ri yirik, asaldorligi yuqori, sovuqqa chidamli,
har bir oiladan 100 kg gacha asal olish mumkin.
Kavkaz (Gruziya) tog‘-qo‘ng‘ir A. zoti (A. m.
cavcasica) — aso-san, Zakavkaze, O‘rta Osiyoda
tarkal-gan. Karpat A. zoti — G‘arbiy Ukrai-naning
tog‘li r-nlari va Karpat ortida ko‘p uchraydi.
Rangi qoramtir, tabiati yumshoq, hartumi uzun.
Italiya sariq A. zoti (A.m. ligustuca)ning kelib
chiqishi Italiya hisoblanib, Kanada, AQSH, Av-
straliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan.
Keyinchalik Finlyandiya, Yaponiya, Xi-toy va
Hindistonga ham keltirilgan. 1964 — 70 y.larda
O‘zbekistonga kelti-rib sinalgan. Paxta ekiladigan
yerlar-da yuqori mahsuldorlikka erishildi. Uzoq
Sharq A. zoti — Uzoq Sharq (Pri-more,
Xabarovsk)da ko‘p tarqalgan. Zot Ukraina, O‘rta
Rossiya, Italiya va Kav-kaz A.lari ishtirokida
yetishtirilgan, mahsuldorligi o‘rtacha. Kraina
kulrang A. zoti (A.m. carnica) — Yugoslaviya, Av-
striya tog‘larida keng tarqalgan. Tashqi
ko‘rinishdan Kavkaz tog‘-qo‘ng‘ir A.siga
o‘xshaydi, mahsuldorligi o‘rtacha.O‘zbekiston
chorvachilik i.t. institu-tida A.lar bo‘yicha i.t.
ishlari olib bo-riladi.Ibrohim Jo‘rayev. [1]
Asalari qishda dam olib ko'klamda ochiqlikka
chiqadigan foydali hasharot hisoblanadi. Undan
asosan qishloq ho'jaligida keng foydalaniladi va
natijasi o'laroq juda shirin va foydali bo'lgan asal
moddasi olinadi.
Telegram.me/bolarichilik Andijon Asalarichilari guruhi Telegram.me/And_asalarichilari_asalari
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1