uchun?" deya so'radim, "U
tirikligida sharob ichar edi va
tavba qilmay vafot etgan>>, dedi.
Keyin boshqa qabrni kavladim.
Qarasam, mayit olov qayish bilan
yerga bog'langan va tili
gardanidan chiqib turgan ekan.
Undan qo'rqib, endi qaytib
chiqmoqchi bo'lib turganimda
yana:
"Uning nima uchun bu
ahvolga tushganini
so'ramaysanmi?"
degan nido keldi. Sababini
so'radim. "U
siydikdan saqlanmas va odamlar
orasida gap tashib chaqimchilik
qilib yurar edi. Unga
o'xshaganlarning jazosi shu",
degan javob keldi.
Undan so'ng boshqa qabrni
kavladim.
Qarasam, mayit olovda
kuyayotgan ekan. Yanada
xavotirga tushib, lahaddan
chiqmoqchi bo'lib turgan edim,
kimdir: "Uning nima uchun bu
ahvolga tushganini
so'ramaysanmi?" dedi. "Nima
uchun bu ahvolda?" deb so'radim,
"U namozni tark qilgan edi", dedi.
Va nihoyat boshqa qabrga o'tib,
shu oxirgisi deya qabrni kavladim.
Qarasam, qabr ko'z ilg'aydigan
joygacha kengaygan, ko'zni
qamashtiradigan darajada yorug,
mayit esa ajoyib liboslarda, nurli
so'rida uxlab
yotar edi. Uning salobatidan
cho'chib, endi chiqib ketmoqchi
bo'lgan edim, kimdir: "Uning nima
uchun bu qadar izzat - ikromga
sazovor bo'lganini
so'ramaysanmi?" dedi. "Nima
uchun izzat-ikromga sazovor
bo'ldi?" deb so'radim,
"U itoatli yigit bo'lib, Alloh azza va
jallaga
itoat va ibodatda ulg'aygan edi",
dedi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1