Предыдущая публикация
Yolg‘onchilar qayerdan paydo bo‘lishadi?
— Dadasi oʼgʻlingizni bir urishib qoʼymasangiz boʼlmaydi. Meni aldaydigan odat chiqargan.
Ota bolasiga gʻazab bilan qarab:
—Iye, sen bola hali onangni aldaydigan boʼlib qoldingmi? Keyinchalik meni ham aldarsan-a? Agar yana bir marta aldasang koʼradiganingni koʼrasan bola!
Bola boshini egib ketdi va birozdan soʼng qaytib:
—Dada, sizni telefonda soʼrashyabdi.
—Kim ekan?
—... doʼstingiz ekan
Ota oʼylanib:
—Dadam muhim ish bilan chiqib ketibdilar deb ayt!
Bola buyruqni bajardi...
Yuqoridagi savolning javobi oddiy. Uni o‘zimiz tarbiyalaymiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев