(yana bir yo'qlikka maxkum etilgan sevgi qissasi...)
Men uz xikoyamni qanday boshlashga xayronman, Meni ismim Jasur yoshim 23 da Samarqanddanman, uz xikoyamni, yani xayotimni bir parchasini yozishimdan maqsad,
kimgadur saboq, yoki kimgadur dalda bölar degan umiddaman, Xullas 2013 yil oktyabr oyining boshlarida ishlarim tugab adnoda köp vaqt utkazardim, xar kungi nonushta tushlik kechki ovqatu uzimni turmushimni olmaganda boshqa ishim yöq edi, Moskvada uyga ketish maqsadida oylik maoshimni kugib yotardim,
Adnoda rus tilini oz moz bilganim, va qiziqganim uchun rus guruxlarda bilmagan, urganishni xoxlaydigan insonlarga qölimdan kelgancha yordamlashardim, buyoği bekorchilik, Menga juda kup qizlar murojat qilardi yordam surab, men esa xech qachon yöq demasdim, Bazilari urganishar, bazilari faqat xuja kursinga surab uzim bn qiziqib ketishardi,
Qizlar bn köp muloqot qilganligim sababli oz bulsada ularni tilini tushunib qolgandim,
Kunlardan bir kuni odatdagidek bir qiz druzya bulib, rus tilini urgatishimni suradi, men xam yuq demadim, U uzini Shaxlo deb tanishtirdi, Farğonadan yoshi 19da edi, Men odatdagidek uz uslubim buyicha unga saboq bera boshladim, U boshqacha edi xar bir gapi manoli, sal shuxroq edi, tez orada biz yaqindan tanishib oldik, Men xar zamonda sher yozib turardim, unga kursatardim u rosa maqtardi, balki kungil uchundir, bu orada biz aka singil tutingandek, U nomoz uqirdi, yaxshi yomonni farqiga yaxshi borardi, bir kuni unga uni kurgim kelayotganini aytdim, u esa menga suratini yubordi, Suratda bir guzal qiz tabassum qilib turardi, Shunday guzal oqila odobli qizni tugrisi xamma yigit xam orzu qilganidek, men xam orzu qilardim, unga xech narsa demasamda sinchkovlik bn unga etibor qiladigan böldim, tel nomerini oldim bunga sabab rus tilida köp narsani oğzaki tushuntirish menga osonroq edi, Unga tez tez qunğiroq qilib turardim,
U xar tomonlama meni orzuyimdagi qiz edi,
shu tobda oradan ikki oy utdi, men esa xaliyam moskvada, pulimni ololganim yuq, dekabrning boshlari Qandaydir bir kuch meni unga undardi,
Shunaqangi bir tuyğu bor ediki xuddi shaxloni menga ollox bergan deb uylardim, Biz juda yaqin bölib ulgurgandek xatto soğinib xam qolardik, Bir kuni unga dilimni ochdim, U dovdirab qolgandi, ikki kun yuqolib ketdi. qungiroqlarimgayam javob bermadi,
sung uzi sms yozdi, buni qarangki men kungil quygan guzal meni xam sevardi, Bu qiziq xolat ayniqsa suratga qarab goyibona sevish sevilish, shu vaqtgacha uzim xam ishonmasdim, Lekin uni sevib qolganim aniq edi, biz orzular daryosiga shungib ketdik, Ikkimiz xam xursand edik u eng yaxshi xotin bulaman desa, men seni eng baxtli ayol qilaman derdim, shu tariqa deyarli bir oy vaqt utdi, 29 dekabr kuni oyligimni olganim sababli yangi yilni uyda kutish nasib etmadi, 7 yanvarga bilet oldim, yangi yilni u bilan gaplashib kutib oldim, Shunaqangi baxtiyor edimki, men uchun undan yaxshi qiz bu dunyolarda yuq edi,
Nozik qullaringda bir xuplam suv ber,
jon ensin dilimning ishq daraxtiga,
Qulingdan suv ichgan g'arib oshig'ing,
sodiq qolsin bir umr qilgan axtiga,
Jamiyki suluvlar yonimga kelsin,
aslo qaramasman sevgim shaniga,
Sevgimdan tonsam gar bir bora aytgin,
yuragim yulib beray ishqim xoniga,
Olislarda usgan bir nozik gulimsan,
Onang mexr bilan sug'organ seni,
Yor izlab be suroq borar yulimsan,
Xudoyim men uchun yuborgan seni,
Bosh egay muxabbat ostonasiga,
sen faqat kulgungni yashirma mendan,
Shox bulgin ishqimning koshonasiga,
taxtni ishonmasman uzgaga sendan,
Baxtdan sarmast sherlar yozardim, u esa unchalik urganmang uydagilar nima deyishi nomalum xarxolda siz samarqandda men farğonada turamiz derdi, men esa ikkalamiz bir birimizni desak xammasi yaxshi buladi derdim,
Nixoyat men uyga ketadigan kunim xam keldi, Aeroportda döstlarim kutib olishdi,
uyga borganimda esa ayamni qanchalar soğinganim sezildi, bağriga bosganda beixtiyor yiğlab yubordim,
Kuzimga uyquyam kelmadi tashqariga chiqib unga qunğiroq qildim, uni kurishga shunchalar oshiqardimki, u bir kuni bitta kuzi xasta ekanligini aytdi shu vaqtgacha aytmagandi, bir qorachiği joyida uynab turarkan aytishicha, xar zamonda seziladi dedi, men etibor xam bermadim, shunchalik sevardimki bu men uchun baxona bulolmasdi, moskvaga qaytishim kerakligi sababli pasportimni almashtirishim kerak edi, pasportimni almashtirishga topshirganim uchun yangi pasport olgunimcha Farğonaga borolmasdim,
bir kuni dasturxon atrofida uydagilarga xazil aralash dardimni aytdim, xali beri uylanmasamda kungil quyganim farğonadan ekanligini aytdim, ayam xam dadam xam qarshilik bildirmadi, taqdiringa nima bulsa shu bolam deb quyaqoldi, men albatta xursand edim, 15 yoshimdan kuchada mexnat qilib katta bulganim uchun uydagilarim ishonishadi,
vaxolanki biron marta ortimdan yomon gap eshitishmagan,
Shaxlo esa sizni qanaqaligingizni ayamga aytsam albatta rozi buladi, dadamni xam uzi rozi qiladi derdi, Ayasidan kungli tuq edi, meni esa bir kurmagan bulsamda undan kunglim tuq edi
vanixoyat 24 chi yanvarda pasportimni oldim,va borishimni unga aytdim, u esa 28 yanvarda dugonasini tuyi borligini usha kuni borsam tuyga bormasdan men bn uchrashishini aytdi, yuqsa uydan chiqolmasligini aytdi, Men 28 yanvarga borishga qaror qildim
27 chi kuni kechki soat 7:00 da uydan urtoqlarim bn toshkentga ketyapmiz deb chiqdim, muljalim buyicha 28 ertalab fargonada bulishim kerak edi, toshketga borganimda soat kechasi 24:00 edi, choy poy ichib Bir soatlarda fargonaga ketadigan taksiga utirdim, Mashinani tulishini kutib uxlab qolibman, soat tongi 4:30 larda taksichi uygotdi mashina xaliyam tulmagan bitta odam kerak dedi, mendan tashqari utirgan ikki kishi bn kelishib bir kishiga xam uzimiz tulaydigan buldik, Men uchrashuvga kechigayotgan edim,
Biz yurdik buni qarangki baxtga qarshi toğni qor bosganligi sababli yullar berk ekan, 28 ertalab soat 7:00 da men xali angrenda edim, usha yerda choyxonada nonushta qilib mashinaga utirib uxlab qoldim, tursam yul xaliyam berk soat esa 9:00 yulni esa xaliberi ochish niyati yuq edi, telga qarasam Shaxlo 15 marta qungiroq qilgan, men esa ovozini uchirib quyganim umuman yodimda yuq, u xavotirda utirgan ekan toğdan utish xavfli qishda bekor sizga keling debman deb afsuslana ketdi, meni esa bir narsa qiziqtirardi yul ochiladimi bugunlar degan savol, Shaxlo xam Jasur aka ochilib qolar derdi, soat 13:00 yul xaliyam berk, shu tobda ochilsayam meni ulgurishim, ertaga esa Shaxloni chiqa olishi gumon edi, Shu tobda shaxlo men dugonalarimga aytdim ertaga meni uydan qanaqqib bulsayam opchiqishadi siz kelavering dedi, meni qayerda tunashim qiziqtirardi, mexmonxonaga joylashay desam yonimdagi pul yetmasdi, xarxolda mexmonxonaga tulasam qaytishimga qiynalib qolardim, yana pul omaganimga afsuslanib, bor gapni Shaxloga aytdim, u siz kelavering men pul oboraman yiğib quyganim bor dedi, ana xolos shu kunlarga qoldimmiya axir qAnday qilib pul olaman, lekin boshqa ilojim xam yuq edi, xarxolda qaytib ketolmasdim sevgilimni kurmasdan, soat 6:00 deganda yul ochildi fargonaga esa 23:00 da kirib borib mexmonxonaga joylashdim, Shaxlo bn ozgina gaplashib ertaroq kelgin ertalab deb tayinladim, charchaganim tufayli uxlab qolibman, ertalab tursam soat sakkiz birdan Shaxloga qunğiroq qildim, yarim soatlarda kelishini aytdi
Men yarim soatdan sung mexmonxonadan chiqdim, u kechikardi, men uyoqdan buyoqqa yuraverib yana yarim soat utdi, Shunda Shaxlo qunğiroq qilib qoldi, kutarsam qanisiz men keldim dedi, Atrofni kuzatib uni kurdim yulni u tarafidan kelardi men tomonga, yoniga bordim, va nixoyat men sevgilimni kurdim, surashdik xuddi eski qadrdonlardek edik, ikkalamiz xam bir birimizdan tortinmasdik, usha kuni Shaxlo bn yuraverib soat 5:00 bulganini xam bilmay qoldim, Közini söradim davolashni iloji yuq ekan dedi, avval xam davolangan ekan, Xammasi xudodan deb, Samarqandga qaytdim, kelganimdan söng uydagilar Shaxlo bn tushgan rasmni kurib qoldi, va bor gapni aytishga majbur böldim, xech kim qarshilik qilmadi, Nazarimda dunyodagi eng katta baxt meniki edi,
Shaxlo ayasidan kungli tuq edi, vaqtini topib aytaman derdi,
Biz xar kuni kelajakda rejalar xaqida gaplashardek, oradan un besh kunlar utib, Tusatdan Shaxlo Jasur aka meni unuting Közim kundan kun xiralashib qolyapti, yashirib nima qilaman, doktorlar aytishicha kör bölib qolishim mumkin ekan dedi, Men esa unga xammasi xudodan shirinim nima bölgan taqdirdayam men sendan kechmayman dedim, U köp urindi lekin meni yuldan qaytarolmagach tan berdi,
Kunlar utib borardi, men moskvaga qaytishim kerak edi, Undan kasallik varaqasini berishini suradim, moskvaga oborib kursatmoqchi edim, U rozi bulib ayasidan suraganda ayasi men xaqimda bilgan, sung peshinda Shaxlo xursand qunğiroq qildi ayam siz xaqingizda xabar topdi, kim degandi kechga gaplashamiz deb aytdim dedi, U shunaqangi xursand ediki, beixtiyor men xam xursandchiligiga sherik edim, kechga ishlarimni bitirib, uyga kelsam, Shaxlo qunğiroq qildi, Olsam Sevgilimni gapirishga xam xoli yuq, yiğlayverganidan ovozlari bugilib qolgan edi, Nima gap dedim, aytishicha ayasi meni surishtirgan va rossiyada ishlab kun kuradigan odamga men qizimni bermayman debdi, aloqangni uz, dadanga aytsam ulasan degan, Shaxlo shu gaplarni aytar ekan tinim bilmay yiğlardi, menga endi nima buladi Qanday biz ayrilamiz derdi, men xatto nima deb yupatishni xam bilmasdim, uzimni qulga olib uzim gaplashaman dedim, shu kechasi umuman uyqum kelmadi, öyayverib boshlarim yorilib ketgudek edi, meni yagona qurqqan xodisam ruy berayotgan edi, Bu boylik bn faqirlik urtasidagi kurash edi, ertasi kuni Shaxlo qancha qarshilik qilmasin ayasini nomerini olib qunğiroq qildim, uzimni tanishtirdim, shunaqangi qiz ustirgan ekansiz raxmat sizga, endi baxtiga qarshi chiqmang dedim, u esa meni topish tutushimda dedi xayoli, aytishicha men qishloqda yashab, mol xol boqarkanman,
Shaxlo esa bu sharoitda yasholmas ekan, men qizingiz bn bu masalalarni xal qilib olamiz dedim, u tusatdan xunaringiz nima dedi, Yolğon gapirgim kelmadi, va moskvada ishlayman xudo xoxlasa uylanvosam qaytib bormayman,xudoni bergan rizqini terib yeb yuraman uzbda dedim, u ayol umuman mensimadi meni, qaytib qizimni bezovta qilmang dedi va gushakni quydi, yarim soatlardan söng Shaxlo qunğiroq qilib rosa ayasi urushganini yana bir gaplashsa dadasiga aytishini aytibdi, Shaxlo taqdirga tan berib bölgandi, men yana uni ayasiga qunğiroq qilib uydagilarni yuborishimni aytgan edim, kelib yurmasin bekorga sarson bulgani qoladi dedi, men esa ne qilarimni bilmasdim, kambağalligimdan uksindim tuğrisi,
Ayriliqni tasavvur qilolmasdim,
orzularim sarobga aylanayotgan edi, Shaxlo qunğiroq qilib boshqa qunğiroq qilmasligimni, ayasi urushayotganini aytdi, men yana ayasiga qunğiroq qildim, nima qilayotganimni deyarli bilmasdim, ayasiga beixtiyor sal ovozim kutarilib gapirdim nega uni urushasiz, qancha gapingiz bulsa menga ayting men qunğiroq qilyapman dedim, ayasi esa sen qunğiroq qilaversang men uni urushaveraman dedi, men ayasiga boshqa qunğiroq qilmayman siz urushmaysiz deb vada berdim, u rozi buldi, lekin bergan vadamga qaramasdan qunğiroq qildim, bu qunğiroğim umidlarimni batamom yuqotishini bilmagan edim, Shaxloni aytishicha dadasi xam xabar topibdi, va ushani desang sendaqa qizim yuq debdi, sovchisi kelsa quvib solaman degan, Shunaqangi ilojsiz edimki xolimga uzim achinardim, uyoqda Shaxlo yiğlardi, qani men xam ğururdan utib baqirib baqirib yiğlolsam, men uni xech narsaga unday olmas edim, chunki ota rozi xudo rozi degan gaplar bor, va xar bir ota ona farzandidan uz kelajagini umid qiladi, men xam taqdirga tan berdim, Biz vidolashdik vidolashishdan oldin bir birimizga baxtli bulishga vada berdik,
Endi xar kuni soğinch qiynardi, xar zamonda yashirin nomerdan qunğiroq bulib xech kim gapirmasdi, Bu Shaxlo ekanligini bilardim, Men xam xuddi shunday qilib ovozini eshitardim,
Dunyo közimga qaxrli kurinardi, uz uzimga savollar berib kunim utardi,
Sönib ketgan sevgim kabi sönib ketay,
Barcha olam qayğusini soching menga,
Shum taqdirning ishlariga kunib ketay,
Bu dunyoning sirlarini oching menga,
Bu alamlar ğamlarimdan ulkan emas,
U-siz qolgach mening moxim tulgan emas,
Onam meni azob uchun tuğgan emas,
Bu dunyoning sirlarini oching menga,
Ayting uzi oshiqqa baxt atalganmi,
Yo kuksiga xijron mangu qadalganmi,
Nuroniylar ayting bu xol azaldanmi,
Bu dunyoning sirlarini oching menga,
Men roziman jala bölsin yoshlar endi,
Boshginamga yoğilsin bu toshlar endi,
Men bir jonsiz tanman qalamqoshlar endi,
Bu dunyoning sirlarini oching menga,
Boylik bölsa jonim shuncha arzonmidi,
Ğarib umrim qiymati yöq xazonmidi,
Uz baxtini pulga qurgan insonmidi,
Bu dunyoning sirlarini oching menga,
Saroylardan xaydab solgan quvğinmidim,
Samolarda burgut yerda quzğunmidim,
Oyoq osti bölgan kungli dilxönmidim,
Bu dunyoning sirlarini oching menga,
Dil bersangiz yolğonlardan kechib bering,
Tugunlari chayir bölsa yechib bering,
Men bir ğarib faqir suvin ichib bering,
Yoki dunyo sirlarini oching menga,
Shaxlodan bor umidimni uzib bulgandim, bu orada uydagilar menga kelin qidirib boshlashdi men Shaxlo xaqida xech narsa demadim, xali beri uylanmasamda bironta qizni köz ostimga olib quyishim kerak edi, chunki xozirgi zamonni bilasiz, qatiqniyam puflab ichmasangiz bulmaydi, ayniqsa gap umr yuldosh xaqida ketganda, Shuning uchun singlim uzi bn uqiydigan bir sinfdoshini uydagilarga maqtay ketdi, u qiz bir dustimni singlisi ekan, u qizni tanirdim, yoshi 18 da men uydagilarga bilmayman dedim chunki oğzim kuyib bulgandi, men moskvaga ketadigan buldim, 25 mart kuni moskvaga uchdim, telefonimda Shaxloni eslatadigan xamma narsani uchirgandim, xar kuni soğinardim lekin uni qidirib topolmasdim, adnodan xar kun qidirardim, lekin natija yuq edi, bir kuni ayam usha singlimni dugonasi xaqida yana gapirdi, singlim xam uzi dugonasiga bir narsalar deb gapni uchini chiqargan, uydagilar bilmasada meni bilishimni, men uzim xam u qizni yaxshigina bilardim, unchalik chiroyli bulmasada, aqlli farosatli qiz edi, xarxolda bizdan bir qishloq narida turadi, uni ustiga dustlarim deyarli xammasi usha tomondan yarim umrim usha yoqda utgan desam adashmayman, men rozi buldim lekin uydagilarga shoshmasligini aytdim, uni nomerini olib gaplashdim, boshida rosa qiynaldim tilini topguncha, keyinchalik chiqishib ketdim, U meni sevardi men esa yaxshi kuraman desamda yolğon edi, lekin bir insonni kungli menda, uni sindirib quymasligim kerakligini yaxshi bilardim, oradan besh oy utdi,
u qizni ismi Laylo edi, uydagilar laylonikiga sovchilikga borishdi, xammasi oson bitdi, unashtirib quyishdi, Taqdirning uyinini qarangki, unashtiruvdan bir kun utgach, adnoda menga Shaxlodan sms keldi, Assalomu alaykum kapitan degan, u meni kupincha shunday atardi,
Soğinganim sababli xursand buldim, va birdan nomerini oldim va qunğiroq qildim, adnoda gaplashishga sabrim chidamasdi, U menga meni kechiring, qarğamang derdi, men esa oğzim ochilib qolgan edi, Shaxlo men seni nega qarğayman, men sendan xafamasman taqdir ekan dedim, U köchalarda yursam kuzimga kurinyapsiz, tushlarimga kiryapsiz meni kechiring dedi, Men xech narsaga tushunmasdim,xarxolda Layloni kunglini sindirib Shaxloga qaytolmasdim, Ayriliqning azobini bilardim, uni ustiga bevafolik xam nomardlik qilsam, uzimgayam tuğri kelmasdi, Bu Layloga ikki karra oğirroq tasir qilardi, men unashtirilganimni Shaxloga aytdim,
endi kech ekanligini xam aytdim, Shunda u yiğlab onasidan qattiq xafaligini aytdi, sababini suradim, aytsam nafratlanasiz dedi, men endi buni axamiyati yuq dedim, Uni aytishicha onasi bir boy oiladan kuyov topgan, bola esa otasini arzandasi, onasi Shaxloni uchrashuvga undagan, ikki oila xam xamma narsadan xabardor bulgan, keyin u bola Shaxlo bn birga uqishga tayyorlana boshlagan,
Bu orada Shaxlo Shaxardagi uyida bir uzi turgan, Shaxlo munosabatlarini urnatgan u bola bn, Shaxloni tugilgan kunida u ichgan mast xolatda Shaxloni uyiga kuzataman deb, uyiga borgach, mazasi bulmay qolgan, Shaxlo unga yuzini yuvib olishini aytgan, u kirib Shaxloga otilgan, Shaxloni aytishicha faqat nomusigina qolgan, va U bola un kundan beri yuqolib ketganligini aytdi, Men Shaxloga baqira ketdim nega seni bir uzingni quyadi uyga deya, u jim ,
Menga shunaqangi alam qilar ediki, shaxloga jirkanaman sendan sendan deb yubordim, chunki qars ikki quldan chiqadi, uni ustiga shaxlo usha kuni uzi xam bir bakal piva ichganini aytdi, Men jinni bulgan edim, axir namoz uqirdinku desam, Kapitan tashlab quydim degandi,
Jaxl bn men sendaqa uzligini unutganlardan jirkanaman dedim, bir niyatim qaytib yonimga qaytmasin derdim, xarxolda endi közlari yulimda Laylo meni kutardi, Shaxloni söngi gapi
Omon buling kapitan, sevgingiz nsfratga aylanganidan kunglim joyiga tushdi, oq qoğozdek yoringizga nasib aylang, baxtli buling dedi, va ketdi butunlayga ketgandi, Meni ichim yonardi, Samarqanddan farğonaga borib uzimdanam qizğonib qul urmagan gulimni qayerdandur bir it kelib xidlab ketganligini xazm qilolmasdim, Bu dardni yengish qiyin bularkan, yiğlagim keladi yiğlolmayman, Qani shu gaplar yolğon bulsayu ichim yonishdan tuxtasa,
Balki rostdan u meni aldagandur, Laylodan kechib yoniga borishimdan qurqqandur, u xam mendek Layloni uylagandur, Javobsiz savollar yana uzim bn qoldi,
Vaqt xamma narsaga davo deganidek vaqt utib ancha unut buldi, Shaxloni faqat yaxshi qiyofada yodga olaman, lekin xar kuni, Laylo bn ancha munosabatlarimiz yaxshi, Xayotimda Shaxlo bulganligi unga umuman xalaqit bermasligiga xarakat qilaman, meni maqsadim endi Layloni baxtli qilish, Balki uzim xam unga Shaxloga boglangandek boglanib qolarman, lekin kungilning yarasi bitmaydi deyishadi.
Chin sevgi ölmaydi u qayerda qanday xolatda bulmasin baribir nafas oladi, Men xaligachayam öylayman balki xato mendan xam utgandur lekin qayerda? qachon? men sizlarga boricha taqdim qildim azizlar,
Xulosa sizlardan!
U Laylimas, Shirin emas, Kumushmidi?
Baxorlarim uzi bilan olib ketdi,
Borgan edim bormoq menga yumushmidi,
Farğonada yarim kunglim qolib ketdi,
Xayot böldi surgan telba xayolim xam,
Xayol böldi orzu qilgan xayotim xam,
Samarqandning guzallari edimi kam,
Farğonada yarim kunglim qolib ketdi,
Alla aytmas men ğaribga qushlar endi,
Ranjib qolar u kirmagan tushlar endi,
Yarim dilni tushunmas gulyuzlar endi,
Farğonada yarim kunglim qolib ketdi,
Otabek xam balki mendek suyolmagan,
Men izğigan köchalardan yurolmagan,
Kumush bilan u xam baxtin qurolmagan,
Farğonada yarim baxtim qolib ketdi,
U Laylimas xaqiqatdan Kumush edi,
Bilmam nega Kumushdanda xomush edi,
Uzi bilib kungil bergan utmish edi,
Farğonada yarim kunglim yonib ketdi,
Quvonch meni quvdi uzin boğlaridan,
Oy xam kökda yosh tukdi qaroğlaridan,
Boshim egib qaytdim vodiy toğlaridan,
Farğonada yarim kunglim qolib ketdi.
Voqea qaxramonlarining ismlari uzgartirilgan, agar shu xikoyamni Shaxlo uqisa buni kim yozganligini biladi, men uni soğindim axvolini bilsam bas menga boshqa xech narsa kerak emas, soğ omonligini bilsam kunglim tuq,
utdi kun xafta oylar,
sokin utgan tunim yuq,
birga bulgan damlarni,
eslamagan kunim yuq,
kucha to'lgan odamlar,
tinishmaydi tinim yuq,
seni olamon ichra,
izlamagan kunim yuq,
gar bilsamda endi kech,
bu suzlardan unum yuq,
qumsab shirin suzlaring,
sog'inmagan kunim yuq,
esar mayin shamollar,
tinib qolmas qo'nim yuq,
sabolardan ruxsoring,
tilamagan kunim yuq,
ishon unsiz yig'lagan,
kuzlaringda xo'nim yuq,
OLLOXimdan senga baxt,
so'ramagan kunim yuq,
utdi kecha kunduzlar,
sokin utgan tunim yuq,
armonimni gullarga
o'ramagan kunim yuq.
Узгартиришсиз киритилди...
https://www.youtube.com/watch?v=DujRk8GnHPE
https://www.youtube.com/watch?v=ml7HePsIzWI
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 11
Ишонч йук,олcа уртадги.
Cевги xам cуниб боради, миcоли шам каби
Ишончни йук,отмангла cевишганла