Предыдущая публикация
Gohida ko'nglingni ololmam,
Gohida seni shod qilolmam.
Gohida yoningda bo'lolmam,
Meni kechir, azizam kechir.
Intizor qildima qanchalar,
Sabringni tog' etding shunchalar.
Yolg'izim yolg'izsan kechalar,
Meni kechir, azizam kechir.
Ketdim ko'p olisga yiroqqa,
Ro'zg'or deb bosh urdim har yoqqa.
Dosh berib, chidading firoqqa,
Meni kechir azizam kechir.
Har soniya yo'llarim kutding,
Dardlaringni ichingga yutding.
Oilam deya o'zing unutding,
Meni kechir, azizam kechir.
O'ksimay ko'p achchiq so'zimdan,
Yoshlaring to'kmading ko'zingdan.
O'zingdan aylanay, o'zingdan,
Meni kechir, azizam kechir.
Ahror Ravshan
2014-yil iyul
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев