U Shvetsariyada boshqa ism va familya bilan ta’lim olgan. O‘quvchilik yillarida shvetsar pishlog‘iga ko‘ngil qo‘yadi va bora-bora u qaramlikka aylanadi. Uning kunlik taomnomasi pishloqsiz bo‘lmagan. Keyinchalik yurtiga qaytgach, Shimoliy koreyalik oshpazlarni pishloq tayyorlashning sir-asrorlarini o‘rganish uchun Fransiyaga yuborgan. Xususan, Emmental pishlog‘i Kim Chen In uchun maxsus Shimoliy Koreyaga import qilingan. Emmental tarkibida 45% yog‘ mavjud va uning tinimsiz iste’moli tabiiyki to‘lishishga olib keladi. 2014-yilda Emmental’ni me’yoridan ortiq iste’mol qilgani Kim ortiqcha vazn to‘plagan hamda sog‘lig‘ida bir qancha muammolar kuzatilgan. KXDR qochoqlarining ma’lumotiga ko‘ra, yetakchi Kim Ir Senga o‘xshash uchun vazn to‘playdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев