Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang o`zim eslatay
Bolasisan O`zbekistonni.
Qachon kelding bu yerga o`zi
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg`ayibsan-ku!
Qorayibsan, ozib to`zibsan.
Jilg`alarsiz daryo quriydi
Daryoyingni qo`yma unutib
Yur, barini eslaymiz birga
Aylantiray qo`lingdan tutib.
Yodingdami beshiging o`g`lim?
Undan hali hiding ketmagan
Mahallangning yo`liga qara
Bosib o`tgan izing ketmagan
Ana, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha
Etagidan ajralmasdinku,
Sog`intirding sen uni buncha,
Akang bilan uchirgan varrak
Boq, osmondan tusholmayapti
Opang seni sog`inib yig`lab
Tishlaganing yutolmayapti.
Oxirgi bor qachon eshitding
To`ylardagi yor-yorni, o`yla
Bor, hayolan, do`stlaring bilan
O`rtaga tush, quloch yoz, yayra
O`yna, hayit bayramini sog`inib
Oqizdinku ko`zing yoshini
Senga asrab charchadi yangang
Arafani shirin oshini.
Qara, o'sha tanish choyxona
Choylashib gasht qilar keksalar
Ko`rding, otang kulolmayapti
Yo`lga qarab, seni axtarar.
Ammang, xolang, amaking, tog`ang
Tarqatyapti sumalaklarni
Nahot sog`inmading, jon bolam
Navro'zdagi kamalaklarni?
Qara, buving qaddi bukilib
Ushoqdayin bo`lib qaribti
Bir ko`rishga ulgurmikansan?
Hastalanib, yotib qolibti
Bolam deysan tilingda ming bor
Qo`lingda dast ko`tarolmaysan
Kechirsa ham bir kun ayoling,
Sen o`zingni kechirolmaysan
Musofirning qabri bo`lmaydi
Musofirning qadri bo`lmaydi
Musofirning,
Musofirlikdan
o`tadigan dardi bo`lmaydi
Tish qayrama, yomon dema hech
Seni katta qilgan Vatanni
Kim deydilar, eshigini buzib
Beshigini tepgan odamni?
Yashnamaydi novda ildizsiz,
Tomiring suv ichgan yerga bor
Otang qurgan yo`llarni yashnat
Uy yoniga yana bir uy sol
Yaxshilik qil, yurtingni yashnat.
Qo`ldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan, bil!
Bolasisan O`zbekistonni!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang o`zim eslatay
Bolasisan O`zbekistonni. Qachon kelding bu yerga o`zi
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg`ayibsan-ku!
Qorayibsan, ozib to`zibsan. Jilg`alarsiz daryo quriydi
Daryoyingni qo`yma unutib
Yur, barini eslaymiz birga
Aylantiray qo`lingdan tutib. Yodingdami beshiging o`g`lim?
Undan hali hiding ketmagan
Mahallangning yo`liga qara
Bosib o`tgan izing ketmagan Ana, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha
Etagidan ajralmasdinku,
Sog`intirding sen uni buncha, Akang bilan uchirgan varrak
Boq, osmondan tusholmayapti
Opang seni sog`inib yig`lab
Tishlaganing yutolmayapti. Oxirgi bor qachon eshitding
To`ylardagi yor-yorni, o`yla
Bor, hayolan, do`stlaring bilan
O`rtaga tush, quloch yoz, yayra O`yna, hayit bayramini sog`inib
Oqizdinku ko`zing yoshini
Senga asrab charchadi yangang
Arafani shirin oshini. Qara, o'sha tanish choyxona
Choylashib gasht qilar keksalar
Ko`rding, otang ku...ЕщёQoshing qora, ko`zlaring qora
Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang o`zim eslatay
Bolasisan O`zbekistonni. Qachon kelding bu yerga o`zi
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulg`ayibsan-ku!
Qorayibsan, ozib to`zibsan. Jilg`alarsiz daryo quriydi
Daryoyingni qo`yma unutib
Yur, barini eslaymiz birga
Aylantiray qo`lingdan tutib. Yodingdami beshiging o`g`lim?
Undan hali hiding ketmagan
Mahallangning yo`liga qara
Bosib o`tgan izing ketmagan Ana, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha
Etagidan ajralmasdinku,
Sog`intirding sen uni buncha, Akang bilan uchirgan varrak
Boq, osmondan tusholmayapti
Opang seni sog`inib yig`lab
Tishlaganing yutolmayapti. Oxirgi bor qachon eshitding
To`ylardagi yor-yorni, o`yla
Bor, hayolan, do`stlaring bilan
O`rtaga tush, quloch yoz, yayra O`yna, hayit bayramini sog`inib
Oqizdinku ko`zing yoshini
Senga asrab charchadi yangang
Arafani shirin oshini. Qara, o'sha tanish choyxona
Choylashib gasht qilar keksalar
Ko`rding, otang kulolmayapti
Yo`lga qarab, seni axtarar. Ammang, xolang, amaking, tog`ang
Tarqatyapti sumalaklarni
Nahot sog`inmading, jon bolam
Navro'zdagi kamalaklarni? Qara, buving qaddi bukilib
Ushoqdayin bo`lib qaribti
Bir ko`rishga ulgurmikansan?
Hastalanib, yotib qolibti Bolam deysan tilingda ming bor
Qo`lingda dast ko`tarolmaysan
Kechirsa ham bir kun ayoling,
Sen o`zingni kechirolmaysan Musofirning qabri bo`lmaydi
Musofirning qadri bo`lmaydi
Musofirning,
Musofirlikdan
o`tadigan dardi bo`lmaydi Tish qayrama, yomon dema hech
Seni katta qilgan Vatanni
Kim deydilar, eshigini buzib
Beshigini tepgan odamni? Yashnamaydi novda ildizsiz,
Tomiring suv ichgan yerga bor
Otang qurgan yo`llarni yashnat
Uy yoniga yana bir uy sol Yaxshilik qil, yurtingni yashnat.
Qo`ldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan, bil!
Bolasisan O`zbekistonni!