Uchta janoza bo'ldi.
Keksa ota-ona va
Keksa oqibat o'ldi.
Ota onasiz qolib
Dod solardi farzandlar.
Qolgan merosni bo'lib
Tinchlandi oqpadarlar..
Ikki qabrga darrov
Qo'yib keldilar ham tosh
Oqibat haqda birov
Qotirmadi hatto bosh.
Katta o g'il oila
Tirgak ustuni edi.
Ukalarim hovlini
Bo'lib olamiz dedi.
Sen to'y qilgin shu yil yoz
Sen esa mashina ol,
Xullas mening ham qancha
O'yu tashvishlarim bor.
Turgan gapki kenjaga
Bu mashmasha yoqmasdi.
Keksalar tirik bo'lsa
Bu g'avg'odan qo'rqmasdi.
Aka, dedi, onamiz
Nasihat qilgan edi.
Hovlini sotmanglar deb
Vasiyat qilgan edi.
O'rtanchasi gap kesib
Tanbeh berdi ukaga.
Hovlini sotgan bilan
Qolmaysanku ko'chada.
Bular bu janjal bilan
Go'shtlarini yedilar.
O:zlariga do'zaxdan
Joy talashar edilar.
Qahri qattiq yuraklar
O'zin etib qo'ydi fosh
Oqibatni yurakka
Ko'mib, qo'ydilar ham tosh.
Xullas hovlini sotib
Tarqab ketdi uch o'g'il
Yo'qlamay qo'ydi ular
Bir birovin ancha yil.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3
Qishloqda gap tarqaldi.
Hovlini olgan odam
Ko'p boylik sotib oldi.
Hovlining o'rtasida
Bundan necha yil avval
Ko:mib qo'yilgan emish
Dur-u marvarid gavhar
Buni bilgan o'g'illar
Bir birin darrov topib
Boylik dardida qarang
Keldilar darrov chopib.
Bizning ota merosni
Qaytarib bering aka
Biz qilaylik siz uchun
Xizmat bo'lsa qanaqa.
Aka , bizni tushuning,
Yomonam qiynalganmiz,
Otamizning pullarin
Siz qaytarib bersangiz.
O'g'illarning gapidan
Hayron edi xo'jayin.
Aytarsiz u aqldan
Endi ozishi tayin.
Xo'jayin dedi do'stlar
Kech qoldingizlar bir oz,
O'ziga nasib qildi
O'zidan qolgan meros...
Ko'p izladim sizlarni
Topolmadim afsus- ki
Men hech birlaringizni.
Men ota onangizni
Yorug' xotirasiga,
Yaxshi niyatlar bilan
Ehson qildim xayriya..
Ulardan shu qishloqda
Qolsin deb bir yodgorlik,
Qolgan pulning bariga
Qurdirdim katta masjid!
Masjidning nomini biz
OQIBAT deb yozdirdik
Barcha qishloq ahliga
Sizlarni ibrat qildik.
Toki ular ulg'ayib
Nodonlik qilmasin deb
Odam bolasi bo'lib
Hayvonlik qilmasin deb...
Bu so'zlarni eshitib
O'g'illar dod soldilar
Bahonaga biror so'z
Topolmay ham qoldilar.
Xullas, oxiri qarang
Haqiqat so'zin aytdi.
OTA, ONA , OQIBAT
Yana hayotga qaytdi...
Haqiqatdan do'stlarim
Hech qachon ko'z yummanglar.
Ota-onaga qo'shib
Oqibatni ko'mmanglar...