Предыдущая публикация
Maqtab-maqtab oshing yerlar.
Pulsiz bo’lsang sendan tonib,
Tanimayman seni derlar.
Chin do’stlaring tashlab ketmas,
Ko’zlaringni yoshlab ketmas.
Boshingga ish tushgan chog’da,
Qo’llarini siltab ketmas.
Nafs balosi yomon illat,
Nafsdan saqlan deydi elat.
Nafs ko’yiga kirganlarni,
Duo qilmay o’tar millat.
Senga sinov berar Olloh,
Yomonlardan qilar panoh.
Boshingga ish tushgan chog’da,
Yomon do’stdan qilar ogoh.
Do’st tanlashda adashmagin,
Yomon bilan tanishmagin,
Do’stman senga deb tursa ham,
Sinamasdan do’st tutmagin..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев