Bugun nima tayyorlasam ekan degan bekajonlarimizga yangi retseptimizni taqdim etamiz. Bu juda mazali pishiriq bo'libgina qolmay, uni tayyorkash sizga qiyinchilik tug'dirmaydi.
Pishloqli kreker
Kerakli masalliqlar:
100gr "Derevenskoye" o'simlik saryog'i
100gr un
100gr pishloq
1 dona tuxum sarig'i
Tayyorlash usuli:
1. Sovutilgan o'simlik saryog'ini pichoq bilan bo'laklarga bo'lamiz, qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq, un va tuxum sarig'ini qo'shamiz.
2. Barcha massaliqlar bir-biriga qo'shilib kopto'kcha shakliga kelguncha aralashtiramiz.
3. Hamirni plyonkaga o'rab muzlatgichga 30 daqiqaga olib qo'yamiz.
4. Sovutilgan hamirni bir hil bo'lguncha ishlaymiz, 2 qismga ajratamiz, har birini dumaloq shaklda yoyamiz va istalgan hajmda kesib olamiz.
5. Huddi pishloqdagi kabi teshikchalar qilamiz va 180 daraja issiqlikda tillarang tuzga kirguncha pishirib olamiz.
Tayyor krekerlarimizni sovutib dasturhonga tortsak bo'ladi. Ta'bingizga qarab ustida kunjut yoki quritilgan rayhon sepishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaxa!
Yanada ko'proq retseptlar bizning telegram kanalimizda https://t.me/joinchat/AAAAAEA6os6jVArAk91vgA
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев