- kimu..?
- Sevgiman..!
- kim? Sevgi? Yo'qol senga ko'zim uchib turgani yo'q..!
- bir kungina tunab qolishimga ruxsat ber, yukim ko'p, judayam og'ir... Ertaga ketaman, va'da beraman seni boshqa bezovta qilmiman..!
- Raxmimni keltirolmisan! Mayli, kir, lekin ertagayoq yo'q bo'l..!
Sevgi uyga kirdida, borib bir chekkadagi stulga joylashdi...
- Har doimgi odat senga, kutilmaganda kelasan... Gapirchi qani, ishlaring qaley, qayerlardan kelyapsan..? Kimlarni jazolab kimlarni taqdirlading..? Sumkalaringda nima bor, ularni nega sudrab yuribsan, ko'rsatolasanmi menga..?
- Yo'q mumkin emas, bular meni sovg'alarim, sirlarim... Lekin... uyingga kiritganing uchun mayli ochib ko'raqol..!
- Ko'raylikchi sevgi o'zi bilan nimalarni olib kelarkan... Bu pichoqmi? Nima qilasan buni..?
- yurakni nimtalash uchun...
- o'tkir ekan! Zaxarchi, bu nega nega kerak..?
- yurakni o'sha parchalangan joyini 2-3 tomchi battarroq yondirish uchun..!
- igna ip ham bor ekan, bu nima uchun..?
- o'sha jaroxatni tikish uchun..!
- bularing yana nima balo..?
- bular orzu va hayol - ong uchun, qalb uchun... Bu shishachalar ichida esa mehr, e'tibor, iliqlik, talpinish va sog'inch bor. Anavi esa... sen o'shani deb meni yomon ko'rib qolganding - ayriliq... Lekin buni ataylab bermadim senga. Kimga nima sovg'a qilishni men hal qilmiman. Menga hatto qayerga va kimga borishim kerakliginiyam aytishmidi, adres ham berishmidi... Axir men bilmimanku, kim yolg'iz kim oilali...
Shuning uchun ham yo'limda uchraganni etagidan tutaman. Lekin nimagadir ko'pgina odamlar mendan norozi... Kimnidir baxtli qilaman, kimnidir azobliman... buni esa odamlarni o'zlari tanlashadi. Hech kimdan raxmat ham so'ramiman. Yana ularni orzuidek bo'lib chiqmasam meni ayblashadi...
Qara, tong otyapti. Endi ketaqolay, uyingdan joy berganing uchun raxmat... Menga hech narsa demoqchimasmisan..?
- SENI YANA KUTAMAN! FAQAT ENDI UYIMGAMAS HAYOTIMGA KEL.........!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев