Mensiz kul, yig'la...!!!
Mensiz o'tsin har bitta
oning.
Toki, meni degan
chog'ingda,
Chiqib ketsin
tanangdan joning. Garchand,
sening yodingsiz o'tgan
Umrimni hech umr demasman!
Ammo yig'lab ortingdan ketgan
Ko'nglimdan ham rozi
emasman!
Mayli meni zulmkor
ata
Men shundayin qattol
bag'irman,
Bir qalandar ishq
manda ammo,
Sendan kechib,
sen deb og'rirman. Vujudimni
tilkalab, tig'lab
Sevgi solsin oltin
qasirg'a.
Ko'zimni ham
solmayman illo,
Sen yashagan
oltin qasrga.
Chorlolmaysan
nomimni hatto,
Xarchand dilda
ming bora aytib, Yolvorsangda
qodir Xudoga
Tushlaringa
kirmasman qaytib.
Men
dunyoning so'nggi yo'liga
Shunday keldim, shunday
ketarman.
Ammo sening buyuk
ko'nglingni
Hech kimsaga
bermay o'tarman!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1