muhabbatim sog'inchini olib kiryapti.
Naqadar yoqimli havo. Naqadar
yoqimli hislar. Shu dam yuragim
oynasidan muhabbat qasriga
boqaman. Sevgi saltanatining
sohibjamol malikasi yuragimni urishini
ham izmingizga bo'ysundiribsiz. Endi u
sizning ihtiyoringizda. Yana har tun
yuragimni o'yib qo'ygan siyratingiz
chizgilari sog'inchimni yanada
oshiradi. Sizni yuragimga mahkam
berkitib olganman. Gar siz meni tark
etmoqchi bo'lsangiz ham yuragimdagi
suratingiz chizgilarini o'chira olmaysiz.
Lekin hozir shukurki taqdir izmi bilan
sizni ruxsoringiz taftini olishdan
benasib emasman. Sizni sog'indim,
behad sog'indim. Sado bering azizam.
Bilasizmi? Maysa yaprog'idagi
shudringning to'kilishi uchun tong
chog'i erkalangan subx sabosining ojiz
epkini kifoya. Nazarimda yuragimni
azobga solgan og'riq dardi ham o'sha
maysa bargidagi tomchidek omonat va
hadikli. Sog'inchga dosh berishning
imkoni bormi? Yo'q! Nimalar
deyapman. Sog'inchga bardosh berish
imkoni bo'lsa shuncha oshiqning
yuragi chok chokidan so'kilarmidi. Ey
yaratganim yuragimga buncha ishqni
o'zing berding. Yana qiyin sog'inchga
solib bunchalar qiynamasang.
Birgina o'tinchim qo'lingizda tutib
turgan yuragimni mahkamroq tuting.
Uni avaylamasangiz yoki qo'lingizdan
behos tushib ketsa yuraksiz jismimla
yoningizga borolmayman. Bu yurak
uchun sizning birgina nigohingizga
to'ymoq kifoya. Shuni ham
qizg'onmang. Asli ishqdan hasta
yuragimga yana hastalikni yubormang.
Sog'inchimgaku bardosh berishning
o'zi mushkullik qilyapti. Yana sizga zor
yuragimdan bir laxzalik nigohni
ayasangiz ishqning qurboni
bo'lamanku. Lekin men roziman. Siz
uchun jon bermoqqa.
Ruxsoring tarifin qanday bayon etay.
O'ylanib qolaman. Nogohon tirilsa
Farhod, ko'zgudan yuzingiz ko'rsa-yu,
kechib Shirin vaslidan yana yuz yil
darbadar bo'larmidi. Ko'zingiz
kulganda uning jarangidan
yulduzlarning qayg'usin his etaman.
Yuzingizga bir umr boqsam
to'yarmikin ko'zlarim, qonarmikin
dillarim. Dilimda o't yonar har vaqt.
Bilaman o't umrim qadar bo'lgay.
Sizsiz menga kom yo'q. Asal ichsam
zahar bo'lar tanamga. Siz bilan esa
shirin so'zim, zahar yutsam ham asal
bo'lganday. Shuning uchunmi sizni
sog'inaveraman.
Meni sizni sog'imdim. Sog'inchimla tun
sabosiga hamohang ruxsoringiz tomon
oshiqaman. Oyna ortida asta
boqaman. Voajab, shu dam tun
sukunatini birgina ovoz qamrab oladi.
U ham bo'lsa yuragimning urushi.
Tunni sukunatini nihoyalagan
yuragimning urishi beparvo
qalbingizga afsuski ta'sir etolmaydi.
Noz uyqudagi gul yorim, nahot
shunday azoblanayotgan shunday
yurak nolasidan bexabarsiz. Asta
ortimga qaytaman. Endi menga
ko'kdagi yoritgichlar kerak emas. Siz
borsizku. Birgina uyqudagi
ruxsoringizni o'zi butun olamni
yoritayotganday. Shu yorug'likni
qadam ostiga olishni istamayman.
Chunki, bunda sizni yuzingizni nuri
borku. Qiynalsamda g'arib
koshonamga sudralib boraman. Yana
sizni sog'ina boshlayapman.
Ishoning siz tufayli dunyoga ne
maqsadda kelganimni va borliq
lazzatini yurakdan anglab boryapman.
Siz tufayli pok muhabbatim ilohiy
tuyg'u ekanligini hayolimdan
o'tkazyapman. Mayli, men sog'inchdan
qiynalay, azob chekay, bir og'iz dur
so'zingizga zor bolay. Lekin men sizni
loaqal bir nafas ko'z ochib
yumgunchalik muddatgada
og'rinishingizni also istamayman. Sizni
shu nigohim ila avaylashga, yomon
ko'zlardan asrashga hozirman.
Nega oshiqlar tushimda ham
"yuragimda sen borsan" deydilar.
Nahotki yuragidagi otashin ishq orom
olishga imkon bersa. Men siz ila
tushlarim emas, bedor tunalarimda
hayolan suhbat qurishni istayman. Shu
sog'inchimga andak taskin beradi. Siz
haqingizdagi o'ylar orom olishimga
qo'yarmidi. Siz hayolimni ham
yuragimni ham band etdingiz. O'ylarim
siz bilan boshlangan. Hamon davom
etadi. Muhabbatim esa yuragimga siz
bilan kirib kelgan. Siz bilan yashaydi
endi u.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев