seni kutishlar bilan...
Har tun, har tong ko'zda yosh
bilan...
Qo'rqib uyg'onaman ko'rgan
tushimdan...
Nega ket deding endi
qaytmayman...
Biz uchun baxtlar armon bo'lsa
ham...
Visol onlar, abad hijron bo'lsa
ham...
Shirin orzu dilda xazon bo'lsa
ham...
Nega ket deding endi
qaytmayman...
Birovga endi men ko'ngil
qo'ymayman...
Qalbim izhorin, oshkor
etmayman...
Qiynalsam ming bora ohlar
urmayman...
Nega ket deding, endi
qaytmayman...
Gohida yig'lasam, taqdirni o'ylab...
Yoki do'stlarimni, sog'inib,
qumsab...
Hayotda ishqsiz yashayman,
dardsiz..
Nega ket deding endi
qaytmayman...
Qalbimni, borimni berib
sevgandim...
Mehrni, tuyg'uni senga
bergandim...
Quvonchni, shodlikni sen deb
bilgandim...
Nega ket deding endi
qaytmayman...
Hayotim mazmuni, hayolim
eding...
Orzular ro'yobi, baxtlarim eding...
Armonlar, alamlar begonam edi...
Nega ket deding endi
qaytmayman...
Baxtim o'zing, jonimsan derding...
Ne bo'lsa ham yagonam derding...
Muhabbating qalbda asrayman
derding...
Nega ket deding endi
qaytmayman...
O'zgani yor bilib, sevging
unutding...
Shunchaki havasga meni
almashding...
Muhabbatni sen, bugun
yig'latding...
Nega ket deding endi
qaytmayman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев