Yarashibdi qalamqosh. Lekin
nega közlaringda, Jilvalanar
halqa yosh? Gul bandidek
barmog'ingga, Tilla uzuk
taqilgan. Nima uchun qarog'ingga Alam öti yoqilgan?
Meni unut, taqdir ekan,
Yengolmadim qismatni. Köz-
köz qilma özgalarga
Qalbingdagi hasratni.
Yonginangda kuyov töra, Alpomishdek savlati. Sen
qizniya olib ketdi Otasining
davlati. Qancha orzu qilgan
edik, Böldi barisi sarob. Endi
senga köz yosh qoldi, Menga
bir qoldi sharob. Buni umr savdo derlar, Peshonangda bor
ekan. Xafa bölma kuyov bola
Senga loyiq yor ekan.
Sevgimizni tushunmasdan
Ayirdilar nachora. Qanday
baxtli edik bizlar, Endi qoldik be chora. Qara, hamma raqs
tushmoqda, Özlaricha qilar töy.
Bu bayramdan baxtli kim- u,
Kim afsusga böldi boy? Qöy
yig'lama, senga juda
Yarashibdi oq libos. Qani endi tabassuming Libosinga tushsin
mos. Quyi egma boshingni
hech, Yig'lamagin har damda.
Eh sevgilim kechir meni,
Turolmadim va'damda. Ahd-u
paymon qilgan edik, Qismatimiz bu ekan. Bir
qissamiz bor ediya, Yakun
qismi shu ekan. Ota-onang
baxting uchun, Balki tög'ri
qilgandir. Balki meni senga
loyiq Emas deya bilgandir. Ne bölsada, bugun töying, Tökma
zinhor endi yosh. Senga oliy
saodatu, Baxt tilayman
qalamqosh. Endi, borgin uying
tomon Töxtama har qadamda.
Meni kechir, alvido yor, Turolmadim va'damda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев