Odatdagiday
ayvonda yotgan edik. Men
ehtiyoj bilan hovli to'riga borib
kelish uchun o'rnimdan
turmoqchi bo'ldim. Shunda hovli
o'rtasidan shitirlagan ovoz keldi.
Qarasam kimdir tik turibdi.
Akalarimdan biridir deb yonimga
qaradim, yoq ikkisi ham yotibdi.
Yana o'sha tomonga qarasam,
sharpa meni qo'li bilan imlayapti.
Akalarimhi turtdim(ovoz bilan
chaqirichga qo'qdim), qani endi
birortasini uyg'atolsam.
Boshimni odeyalga o'radim.
ehtiyoj esa tinch qo'ymas... Yana
yurak yutib odeyal chetini
ko'tardim. Sharpa yana hovli
o'rtasida turardi. Yaxshiroq
kuzatishga harakat qildim... va
daxshat bilan aniqladim,
sharpaning faqat beldan yuqori
qismi mavjud bo'lib, havoda
muallaq edi... u yana imladi,
nahotki shunday kichik odeyal
tirqishidan ham ko'rsa... qancha
qo'rquvda yotganim, qachon
uxlab qolanimni eslolmayman..
Lekin ertalab tursam hamma
uyg'onib nonushta qilar, sharpa
esa hamon hovli ortasida turar
va hechkim unga e'tibor
qilmasdi... Quritish uchun osib
quyilgan kuylak kimni ham
e'tiborini tortardi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2