Avvalgiday
qizlar bilan chopqillashib, o'ynab- kulishlariga
xushim yo'q edi. Boshim egik. Ko'zlarim yer
chizardi. Sir boy bermaslikka urinardim. Lekin
ichimga chiroq yoqsa yorishmaydi. Muallimning
ruxsatisiz uch kun o'qishga kelmaganim, o'zimni
oqlaydigan biror sabab yo'qligi meni qo'rquvga
solardi. Qizlar o'zaro shivirlashib, nimalarnidir
aytib kulishardi. O'zimni qo'ygani joy topolmay
turganimda darsning boshlanishini bildirib
chalingan qo'ng'iroq hayolimni buzdi. Hamma
joyiga o'tirar o'tirmas ustoz kirib keldi. Ustozimiz
odatdagidek sinfni bir ko'zdan kechirib biz bilan
salomlashdilar. Keyin menga qattiq tikilib, jahl
bilan nega darsga kelmaganimni so'radi. Jim
turaverdim. Sinfda pashsha uchsa eshitiladigan
jimjitlik. Shu payt orqa partada o'tirgan qiz
o'rnidan turdida: -Ustoz, uni dadasi o'lib qolgan, -
deb o'tirib oldi. Butun sinf kuldi. Ko'zlarimdan yosh
quyildi. Ustozning ovozi birdan yumshadi. Biror
titroq aralash bu mayin ovozu, iliq so'zlar
yuragimda qotib qolgan muzni eritolmasligini
bilmasdi. Dadajon, siz haqingizda o'ylaganimda
har gal shu voqea yodimga tushadi. Bu voqeani
nega yuragimga o'chmas bo'lib muhrlanganini
bugunga kelib tushungandayman. Biroq, o'sha
paytda meni yig'latgan narsa sizga intiqlikmi,
judolik alamimi, ustozning noo'rin qattiqqo'lligimi
yoki sinfdoshlarimning nojo'ya kulgusimi- buni
bilmadim. Onajonim sizning yo'qligingizni
bildirmaslikka qanchalik urinmasinlar ,o'rningiz har
qadamda bilinardi. Dadajon, o'shanda men faqat
ertaklarda uchraydigan kuch- qudratu, sehr-joduga
ega bo'lib qolishni orzu qilardim. Shu kuch -
qudrat, sehr- jodu bilan o'z hayolimda armon
tog'ini qulatib, maqsad manziliga yetib, siniq
ko'ngillarni butlayman deb o'ylardim. Ammo hayol
boshqa, hayot boshqa ekan....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев