Taqdirlar- tugun, Bozorlari katta bir
sahna. Bu sahnada ertayu bugun Chaqin kabi
yuragim chaqnar Bunda salbiy obraz- faqat men...
Men sevganlar bari - epizod Bu hayotning
kurashlarida Yuragimni aylayman ozod! Va bir kuni
yaxshi bo'laman Ezgulikka atab jonimni Keyin
birdan sevib qolaman Asarning bosh qahramonini
SEVGI, SEVGI. Kaftimda quyosh Qalbni ko'kka ota
boshlayman Keyin esa bitta qarsakka Yuragimni
sota boshlayman Maqtov, ta'zim - fojeali yo'l
Ruhim kezar sahnada daydim Menga gullar otar
odamlar Fojeali asar tugaydi Siz kelasiz: - "
Bopladingizda, Sevgisin rad etar onini... "
Hayqiraman gulingiz otib: "Axir ... Rostdan sevib
qoldim men" Asarning bosh qahramonini...
Hayot - asar, hammasi tugun....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев