Qo'g'irchoqlar- qo'g'irchoq o'ynar ekanmi ? " Ulg'aydim, bolalik izlarim izlab Bu kun ich- etimni kemirib yeyman Men o'sgan shunday keng, shunday hovlida "MEHR" deganlari yo'qmikan deyman Dunyo bekamu ko'st emasmi nega? Men bugun taqdirning ovunchog'imi? Bugun to'y-to'y o'ynab mehribon dadam Kelin qilar erka qo'g'irchog'ini Ona sizni aldab nima qilaman Bugun bag'ringizda turib sovqotdim Sizni o'zim uchun asrab qolay deb O'zimni siz uchun bugun yo'qotdim Dadamni bag'riga otib o'zimni Xorsinib yig'lasam hamma kuladi Dadam kulib deydi: Qizim yig'lama Qo'shnilar eshitsa uyat bo'ladi Bugun yig'lashga ham yo'q mening haqqim Taqdir deganlari bunchalar taxir Jajji qo'g'irchog'im olovga otdim Qo'g'irchoqlar- qo'g'irchoq o'ynar ekanmi... Qo'rqmang siz aytgandek bo'ladi dada Bilaman poymonam bir on to'ladi Yo'q, siz o'shanda ham yig'lamang dada Qo'shnilar eshitsa uyat bo'ladi....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев