Предыдущая публикация
Uning bor davlati - savlati.
Sog`inchdan yoqar-u rayhonlar isi,
Meni tanlaganing g`alati... Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi. Qasri shuhrat aro qon yig`lar yurak,
Ko`ksingda nimadir g`ijjak chaladi.
Unga she`r kerakdir,
Senga er kerak.
Koshki tushunsa u valadi... U so`z kutar, uni sen kutib oylab,
Bir umr yo`l qarab ko`zing toladi.
Sevgilim, farishtam... tentagim, yo rab,
Baxtingni yarmini she`rim taladi!.. Gunohing ne edi, ey mungliq dilbar,
Seni tanlaganim g`alati...
Asl shoir asli uylanmay o`tar,
Uylansa ham ko`rmay xotin oladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев