bilarkan,
Faqatgina ONA darding
olarkan. Oyog'ingdan chalsa
do'st-u-dushmaning Faqatgina
ONA dildan yig'larkan.
Kimlardir Yo'lingga to'siq
bo'larkan, Kimdir ustingdan
kulib Ko'ngli to'larkan
Qalbing Yig'laganda Yuraging
yonsa Faqatgina ONA
darding olarkan...
Tun, 01:45. Adir bag'ridan ötgan
eski asfalt yölda katta tezlikda
ketayotgan mashina rulidagi
yigitning közlari bir lahzaga
yumilib ketdi. Shu onda mashina
eski yöl chuqurlaridan biriga
tushib ötib muvozanatni yöqotdi
va yöl chetidagi tösiqni yiqitib,
shiddat b-n qiyalik böylab pastga
shöng'idi. Mashinaning orqa
örindig'ida 2 oylik chaqalog'i b-n
yoshgina ayol ötirardi. U azbaroyi
qörqib ketgan bölsada, bolaning
uyg'onib ketmasligi u-n ovoz
chiqarmasdan pichirladi: -Ey
Xudo, özing asra! Mashina
qiyalikdan börtib turgan katta
xarsangga urilib chirpirak bölib
ketdi. Ayol esa farzandiga zarar
yetmasligi u-n uni shu qadar
mahkam va ehtiyotkorona
bag'riga bosib olgandiki,
tanasidagi og'riqlarga e'tibor
ham qilmasdi. Xushini yöqotarkan
ingradi: "Bolamni özing
panohingda asra.." Qanchadir
vaqt ötgach ona chaqaloq
yig'isidan közlarini ochdi.
Mashina soyda ag'darilib yotar,
uning esa butun tanasi og'rirdi.
Boshi qattiq yorilgan, oyoqlari
singan edi. Yig'layotgan gödakka
qaragan ayolning közlariga yosh
sizdi:
"Özingga shukr.." Ona og'riqdan
shu qadar azob chekardiki, faqat
chaqaloqning yig'isi uni uxlab
qolishdan töxtatib turardi. U
zörg'a qöllarini harakatga keltirdi.
Bolani mashinaning sinib ketgan
oynasidan tashqariga
chiqarishga muvaffaq böldi.
Harchand urinmasin oyoqlarini
pachoqlanib ketgan örindiqlar
orasidan chiqarolmadi. Kipriklari
yumilib ketardi. Shu onda
mashinani achimsiq tutun hidi
tutib ketdi. Ayol sezdiki,
mashinaning qaysidir qismi
tutayapti. Lekin uning uxlagisi
kelardi. Közini yumsa bas.
Hammasi tugaydi. Og'riqlardan
qutiladi. Lekin yosh töla közlari
gödakka tushgach ilojsiz ingradi:
"U yashashi kerak.." Ayol bir
amallab oyoqlarini örindiqlar
orasidan chiqarib oldi, lekin endi
og'riqlar ikki hissa kuchaydi. Bir
amallab tashqariga chiqdi. Oyna
siniqlari uning tanasini tilib
tashladi. Lekin u bunga ahamiyat
bermasdi. Mashina asfalt yöldan
25-30 metr pastlikda, old tarafi
esa tutun ichida qolgandi. Ayol
old örindiqdagi eriga qaradi.
Uning joni allaqachon uzilgan.
Ayol shilinib ketgan qöllari b-n
chaqaloqni quchdi. Bolani imkon
qadar uzoqroqqa olib ketish
kerak edi. Lekin qimirlashning
iloji yöq, buning u-n unda kuch
qolmagandi. "Kechir meni"-
ingradi u. Uxlash kerak. Ortiq
chidab bölmaydi. Onaning közlari
yumilib ketaverdi. Lekin gödak
yana yig'lagach ona yana
besaranjom böldi. Tutun esa
tobora köpayardi. Ayol bir qöliga
chaqaloqni oldi, ikkinchi qöli b-n
chalqancha emaklay boshladi.
Og'riq... Uning közlaridan yosh,
yuzlaridan qon tomchilardi: -Sen
albatta yashaysan.. 20 daqiqalar
ötgach singan oyoqlari qip-qizil
tusga kirgan, bir qöliga tikon
tölgan ayol asfalt yölga chiqib
olgandi. U bolaga qaradi. Gödak
uxlashga tushgandi. Unga qarab
ona holsiz jilmaydi: - Sen hali
uzoq yashaysan. Otang, onang u-
n ham.. Uning uyqusi kelardi.
Ög'lining peshonasidan öpib,
közlarini yumdi. Ayni shu damda
yuz bergan portlash ovozini
bolaga qarab labida tabassum
qotib qolgan ona eshitmadi.. Endi
u xotirjam "uxlashi" mumkin edi.
m.ok.ru/group/52041000222789
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев