"Qirollik klubi"da ayni damga kelib futbolchilarning fuqarolik bilan muammolari mavjud bo'lib turibdi.
Gap shundaki, UEFA reglamentiga ko'ra bir mavsumda Yevropa davlatlaridan birining fuqaroligi bo'lmagan 3 nafargacha futbolchi qaydnomaga kiritilishi mumkin. Ayni damda "Real" safida bunday futbolchilar 4 tani tashkil etadi. Xames, Danilo, Kazemiro hamda Lukas Silvada Yevropa fuqarolik xujjatlari yo'q. Jamoa bosh murabbiyi Rafa Benitez Danilo hamda Xamesga katta ishonch bildirishini aytib o'tgan. Kazemiro esa endigina ijaradan jamoa safiga qaytdi. Bunday vaziyatda Lukas Silva boshqa jamoa ixtiyoriga borib qo'shilishi haqiqatga yaqin.
Bundan tashqari jamoa hozirda Chililik Arturo Vidal hamda Argentinalik Niklas Otamendilarga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bunday holatda chempionlar ligasi qaydnomasi uchun murabbiylar shitabi jiddiy bosh og'riqqa duch kelishi tabiiy.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев