"Qirollik klubi"ning ikki nafar yarimhimoyachilari Toni Kroos hamda Xames Rodrigezlar yakunlangan mavsumda La Liganing eng yaxshi debyutantlariga aylandilar.
O'tgan yozda Braziliyadagi mundialdagi ishtiroklari sabab "Real" futbolchisiga aylangan Kroos eng ko'p aniq to'p uzatgan futbolchi bo'lsa, Jaxon chempionatining to'purari hisoblangan Xames eng ko'p golli uzatma amalga oshirgan debyutantga aylandi. Kroos 2170 ta aniq to'p uzatgan holda "Valensiya"da debyut qilgan Niklos Otamendini ortda qoldirdi. Ikkinchi poģonani egallagan Argentinalik himoyachi hisobida 1249 ta aniq to'p uzatma mavjud.
Kolumbiyalik Xames Rodrigez esa La Ligadagi ilk mavsumidayoq 13 ta golli uzatma amalga oshirgan holda "Barselona" safida debyut mavsumini o'tkazgan Luis Suarezni 6 ta golli uzatmaga ortda qoldirdi. Suarez ilk debyut mavsumida 7 ta golli uzatma amalga oshirib 2-eng yaxshi debyutantga aylandi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев