"Real" "Zaragoza" klubining yosh iste'dodli himoyachisi Jesus Valejoga ko'z tikdi. "Qaymoqranglilar" Jesusning o'yinlarini kuzatishgan va ijobiy taassurotlar bilan qaytishgan. Jesus hali 18 yoshda. Uni Ispaniyada "Yosh Sergio Ramos" deb atashadi.
Valejo "Zaragoza"ning birinchi jamoasida 17 yoshda debyut qildi. Umumiy hisobda himoyachi 30 uchrashuvda maydonga tushib, shulardan 28 tasida o'yinni birinchi daqiqasidan boshlagan. Bu orada esa u 1 gol va 6 sariq kartochkani o'ziniki qilib olgan. Jesus hatto o'yinlardan birida sardorlik bog'ichini ham taqdi. Bu belgi esa Sergio Ramosga yana bir o'xshashlikdir. Unda yetakchilik qobiliyati bor. Futbolchining amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2019-yilga qadar mo'ljallanib, transfer qiymati 5 mln yevrodan iborat. U sotib olingan taqdirda "Castilla" o'tgan mavsum yakuniga ko'ra Segundaga chiqa olmaganligi uchun Jesus boshqa jamoaga tajriba to'plash uchun ijaraga berilishi mumkin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1