tanlamaydi"... "Новости Новосибирск"
gazetasida millati özbek, Komil ismli
yigit haqida yozilgan maqola mavzusi
shunday edi. Har kungidek ishdan
qaytgach internetga ulanib, Özbekistondagi döstlari b-n
gaplashishga shoshilardi. U
odnoklassnikiga kirgach unga bir rus
qiz mehmon bölganini va suratiga "2"
baho qöyganini kördi. Komil negadir
asabiylashdi va qizga sms yubordi. Bir zum ötib javob keldi... Shu kuni ular
tongga qadar uxlamay gaplashib
chiqishdi. Ertasiga Komil ishdan
ertaroq qaytdi va qizning saytiga kirdi.
Yana uzoq gaplashishdi. Kunlar shu
tariqa ötaverdi. Har kuni soatlab suhbatlashishardi. Uchrashishdi. Bir-
birlarini sevib ulgurishgandi. Komil u-n
Nastyaning rus ekanligi, internetda
tanishganligi qanchalik ahamiyatsiz
bölsa, Nastya u-n ham sevgisi hamma
narsadan qadrli edi. Nastya boshqa rus qizlarga umuman öxshamasdi. Har
holda Komil unda bemalol bölajak
rafiqasining qiyofasini köra olardi. Bir
kuni Nastya Komilni uchrashuvga taklif
qildi. Uchrashuv joyiga kelgan yigit
qizni ancha kutib qoldi. Keyin tel jiringladi. Nastya yig'lardi. Nima
gapligini söragan yigitga qiz uni
sevishini aytdi. Qiz uzoqroqda yigitni
kuzatib turardi. Yigit uni körgach
yoniga bordi. Köz yoshini artib, u ham
sevishini aytdi va qizni bag'riga bosdi... Ayni kunlarda Komilga onasining
betob bölib qolganligi haqidagi xabar
keldi. Komil Nastyaga bu haqda
aytgach, qiz birga borishni söradi.
Albatta yigit bunday qilolmasdi. U
Nastyaga albatta qaytib kelishi haqida söz berdi. Nastya bu sönggi
uchrashulari ekanligini sezardi. Yigitni
mahkam quchib öparkan, Komilga usiz
yasholmasligini aytdi... Ikki kundan
söng Komil uyga qaytdi. Keldiyu
onasini körishga oshiqdi. Ne köz b-n körsinki, onasi soppa-sog' edi. Keyin
uni uylantirish u-n atay uyushtirilgan
tomosha haqida bildi. Onasi topib
qöygan qizga uylanishi kerak edi.
Qarshilik qilavergach onasi shu qizga
uylanmasang bergan sutimga rozimasman deb shart qöydi. Töy
böldi... Oradan bir oy ötib Komil
Nastyaning saytiga kirdi. Hadeb
sog'inganini, sevishini yozayotgan
qizga bor gapni aytdi. Qiz boshqa
javob yozmadi. Oradan 3 kun ötgach yigit Nastyaning yoniga, Rossiyaga
ketishga qaror qildi. Saytga kirib bu
haqda xabar qoldirdi. Uydagilardan
ishga ketish u-n ruhsat oldi. Ikki kun
ötgach manzilga yetib keldi. Shu kuni
kechroq qizning saytiga kirgan Komil yig'lab yubordi. Nastyaning statusida
shu sözlar turardi: "Камил, я люблю
тебя.. Больше не хочу терпить,
прости, я не смогля быт без тебя..."
Komil tushundiki Nastya endi yöq...
Uning Nastyasi dunyodan köz yumgandi... Ertasi kuni uning qabrini
surishtirib topdi. Öziga aytolmagan
gaplarini yig'lab qabriga aytdi.
Hammasi tugadi. Komil xuddi mast
odamdek dunyoni anglamay
qöygandi... Oradan 2 kun ötib "Новости Новосибирск" gazetasida
millati özbek, Komil ismli yigitning
qabristonda jonsiz holda topilgani
haqidagi xabarni yozishdi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 16