Ko'zda yosh bedor tunlar aqlim hayron irodam ojiz qoldim go'yo yakkayu yolg'iz..
Samodagi yulduzim seni juda sog'indim..
Sevgini asrang odamlar ayriliq yomon ekan..
Kundan-kunga yomonlashar edi uni axvoli
og'ir kasal lekin o'zi hali bilmasdi.
Qanaqilib aytaman bu habarni o'ziga,
kulib qarardi xatto qarolmasdim ko'ziga
atrofga qaragancha aldar edim tinmasdan
hali birga bo'lamiz ishonardi bilmasdan
lekin kun o'tib borar so'nar edi tabora
men esa o'tinardim o'lmasin deb ming bora..
Har kungi uchrashuv joyda o'tirardik birga
yelkamga boshini qo'ygancha qaradi yerga
asta ko'z yoshlarini bekitishga urinar
qiynalardi azobdan buni yuragim sezar.
Men esa eslatardim baxtli onlarimizni
birinchi uchrashuv o'sha kunlarimizni
u ham indamasdan zo'rg'a kulib qo'yardi
osmonga qarardi go'yo hayirlashardi..
Bag'rimga bosganimcha yig'lar edim ichimdan
naxotki oloxim olib qo'yadi mendan
tabora qiynalib og'irlashardi batar
ko'zlarini yumgancha so'zlarimi eshitar.
O'rtaga chiqdi jimlik endi gapirmasdi
bag'rimda yotadiyu qo'larim yetmas edi
naxotki bu sevgimiz yetib keldi qayg'uga
u uyg'onmas bo'lib ketdi butkul uyquga..
Onda sonda kelaman seni ko'rgani
hech bo'lmasa hayolan birga bo'gani
xuddi avvallardek yana birgamiz
faqat qabring ajratadi bizning oramiz..
Yana gullar ochildi senga yoqadigan
o'sha gul qo'limda o'zing tanlagan
xuddi avvallaridek yana birgamiz
faqat qabring ajratadi bizning oramiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3