Sen yaxshi do‘stsan”, deymiz- u, davomida “…lekin, men uchun bundan ortiq hech kim bo‘la olmaysan”, deyishni unutamiz…
“Uzr, band edim, qo‘ng‘irog‘ingga javob bera olmadim”, deymiz – qachonki, bizga qo‘ng‘iroq egasining ovozini eshitish ortiq yoqimli bo‘lmay qolganda…
Kimdirdan hech narsa talab qila olmaganimizda – “Endi, sendan menga hech narsa kerak emas”, deymiz…
“Yashashdan maqsadim qolmadi”, deymiz – chunki, kimdir bu fikrimiz xato ekanligini ta’kidlashini xohlaymiz…
Qachonki “Seni sevaman”, deya olmasak – “Borliging uchun raxmat”, deymiz…
Kimgadir kerak bo‘lishni xohlaymiz-u, lekin uddasidan chiqa olmay – “Men hech kimga kerak emasman”, deb noliymiz…
Yordam so‘rashdan uyalib – “Amallayman”, deb aldaymiz…
Boshqa imkonimiz qolmaganda, ancha payt intilgan orzularimiz haqida “Bu asosiysi emas edi”, deb qutulamiz…
Aldanib qolishdan qo‘rqamiz, lekin “Senga ishonaman”, deymiz…
Tilimiz uchida hech qachon aytilmagan uch donagina so‘z turadi-yu, boshqa zarur bo‘lmagan narsalar haqida so‘zlaymiz
ko‘zlariga termulib, uch dona so‘zni unutib, sukut saqlaymiz…
Xayot go‘zal ekanligini ta’kidlaymiz-da, tezda yana bir urush boshlaymiz…
Boshqalarning fikrini qabul qilmaymiz, lekin baribir “Ko‘rinishim qanaqa”, deya so‘raymiz…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2